Pedagogs international research journal



Yüklə 325,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/175
tarix28.11.2023
ölçüsü325,88 Kb.
#169379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
102-74-PB


 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-27, Issue-1, February - 2023
 
8
qilina boshlangan. Bu esa jismoniy mashqlarni hamda jismoniy tarbiyaning 
elementlarining vujudga kelishi va shakllanish davri deb qaralgan. Shu kunga kelib bu 
mashqlar hozirgi zamonning yengil atletika, gimnastika, sport o‘yinlari, yakka 
kurashlari, turizm va sportning boshqa turlari tarzida jismoniy tarbiya jarayoni uchun 
asosiy vosita sifatida foydalanilmoqda. Jismoniy mashqlar xillarining ko‘payishiga 
insonning mehnat faoliyati ham ta’sir ko‘rsatdi. Ma’lumki, mehnat jismoniy kuch, 
chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik
dek insonning jismi (harakat) sifatlarining ma’lum 
darajadagi tayyorgarligi, uning rivojlanganligini talab qiladi. Tarbiya amaliyotida, 
asosan, inson mehnat faoliyatida qo‘llaydigan harakatlarini ko‘proq mashq qiladi. 
Jismoniy mashqning rivojlanishida dini
y marosimlar, bayramlardagi o‘yinlar, raqslar, 
harbiy faoliyatdagi, sanoatdagi ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakatlar vosita 
bo‘lib xizmat qiladi. Shu davrga qadar jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy mashqlar, 
tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuc
hlari va gigienik omillar jismoniy tarbiyaning 
vositasi sifatida foydalaniladi. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi 
bo‘lib, u tarixan gimnastika, o‘yinlar, sport va turizm tarzida guruhlarga ajratilib, 
tarbiya jarayonining vositasi sifatida foydalanib kelindi. Jismoniy mashq deb 

jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan 
ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari 
gimnastika, o‘yinlar, sport va tu
rizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, hozirgi 
kunda ularning zamonaviy usullari to‘plandi va to‘ldirildi. (A.Abdullaev, 
Sh.Xonkeldiev). 10 Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya asosan 
o‘yinlar orqali yetkaziladi. O‘quvchilarga o‘yi
nlar orqali harakatning quyidagi turlari: 
yurish, yugurish, sakrash, to‘siqlardan o‘tish, qarshilikni yengish kabilar o‘rgatiladi, 
bolalar uchun o‘yinlar asosan diqqatni, fikrni jamlashda hamda jismoniy sifatlarni 
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi
. Jamoaviy o‘yinlar esa do‘stlik va o‘rtoqlik 
hissini tarbiyalashda yordam beradi. O‘yin atamasi xilma
-xil faoliyatni ifodalaydi. 
Tabiat o‘yini, kuch o‘yini va boshqalar. Madaniyat sohasi bo‘yicha esa aktyor o‘yini, 
olimpiada o‘yinlari yoki sport o‘yini, b
ularning hammasi xilma-
xil ma’no kasb etadi. 
O‘yin tarixiy to‘plangan ijtimoiy hodisa sifatida faoliyatning ayrim turi hisoblanadi. 
O‘zining hayotiy ahamiyati orqaligina jamiyatda qiziqish uyg‘otadi va ayrim 
odamlarni o‘ziga tortadi. O‘yin faoliyatida odam
o‘zini o‘rab olgan muhit bilan 
o‘zgacha aloqada, bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda bo‘ladi va ham jismoniy ham 
aqliy qobiliyatini shakllantirish maqsadida mashqlar bajaradi. Mehnatdan farqli 
o‘laroq, o‘yin paytida moddiy ne’mat yaratilmaydi. O‘z hayo
ti uchun tabiat 
in’omlaridan bevosita foydalanmaydi. O‘yin sharoitida xilma
-xil harakatni tanlash 
imkoniyati bor. Bu esa o‘ynovchining o‘z his’hayajonini, ijodiy qobiliyatini, faolligini 
hamda tashabbusini ishga solishga majbur qiladi. Hozirgi kunda o‘yinc
hilar soniga 
qarab yakkamayakka jamoa bo‘lib, ko‘pchilik (omma bilan) o‘ynaydigan o‘yinlar 
mavjud. Bu esa pedagogika va hayotda harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari sifatida 



Yüklə 325,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin