“ PEDAGOGS ” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-27, Issue-1, February - 2023 17 Xalq madaniyatning tilda yorqin ifodasini oʻzida namoyon etuvchi boekvivient
leksika va lakunlar, tilning stilistik jamlanmasi, ul birliklarning miflashgan
ko'rinishlari: arxitip va miflar (asotir va rivoyatlar), tilda o'z aksini topgan rasm-rusum
va odatlar, tilning parem lologik fondi, til etalonlari, imo-ishora va ramzlar, tildagi
o'xshatish va metaforalar hamda oʻzbek nutq odatlari va nutqiy etiket shakllaridi
r.
Hozirgi kun tilshunoslik ilmida yangi-yangi sohalarning yuzaga kelishi,
muammosining o'rganilishi bilan bogʻliq ishlar jadal rivojlanmoqda. Shu nuqtai
nazardan bugungi kunda matn tahlilida tadqiqotchilar grammatika, semantika,
kognitologiya, pino
lingvistika, lingvokulturologiya kabi qator yo'nalishlar qoʻlga
kiritgan yutuqlarga tayanib ish ko'rmoqdalar. Bundan maqsad - nutq yaratuvchi va uni
idrok etuvchi shaxs omilining lisaniy faoliyatda qanday o'rin tutishini aniqlash bo'lsa,
ikkinchi tomondan, matnning semantik, lingvokulturologik xususiyatlarini yanada
chuqurroq oʻrganishdir. Shunday masala sifatida hozirgi kunda tilshunoslik talqinida
barchaning e'tiborini tortayotgan til va madaniyat tushunchasi bilan bogʻliq boʻlgan
lingvokulturologiya masalalari ko'pchilik tilshunos olimlar tomonidan tadqiq
etilayotgan bo'lsa-da, biroq to'laqonli o'z yechimini topgan emas.
Yevropa Tili va madaniyatning bogʻliqligi, madaniyating tilda aks etish
muammosi bilan bogʻliq masalalarning metodologik asosi yaq
in yillardangina
boshlandi. Ulaming asosi sifatida V.V.Vorobyov, V.M.Shaklein, V.N.Tellya,
V.A.Masiovalarning ishlarini qayd etish mumkin. O'zbek tilshunoslik tilida ham bu
yo'nalishda qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, o'zbek tilshunosligida
lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishi, madaniyatida aks etishi kabi qator
masalalarga qaratilgan dastlabki ishlar sifatida A.Nummonovning "O'zbek tilida
lingvokulturologik yo'nalish". N.Mahmodovning "Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini
izlab", N.Sayidrahimovaning "Lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishiga doir ayrim
mulohazalar". "Lingvokulturologiyaning komponentlari" nomli maqolalarini,
D.Xudoyberganovaning
"Matnning
atropotsentrik
tadqiqi"
mavzusidagi
monografiyasini belgilash mumkin. Mazkur ishlarda lingvokulturologiya fanining
mohiyati, predmeti va obyekti masalalari oʻrganilgan.