Pedagogs international research journal



Yüklə 325,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/175
tarix28.11.2023
ölçüsü325,88 Kb.
#169379
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   175
102-74-PB


PEDAGOGS

 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-27, Issue-1, February - 2023
 
20
vositalar ikki turga bo‘lib o‘rganiladi: haqiqiy va modelli

Haqiqiy ta’lim vo
sitalari 
o‘rganilayotgan ob’ektlar haqida haqiqiy tasavvurni vujudga keltirishga xizmat qiladi. 
Masalan, ta’lim (o‘quv) muassasalari, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan binolar, 
mashina, traktor, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar, xom ashyolar, asbob-uskunalar 
va shu kabilarni misol sifatida keltirish mumkin. Modelli vositalarga esa, modellar, 
maketlar, trenajyor kabilarni misol qilish 
mumkin. O‘rganilayotgan ob’ektning modeli
orqali u haqidagi tasavvur va ma’lumotlar
hosil qilinadi. 
Ta’lim (texnika) v
ositalari 
foydalanilishi jihatidan uch qismga ajratiladi: «ta’lim beruvchi uchun», «ta’lim oluvchi 
uchun» va «dars o‘tkazish uchun». Dars o‘tkazish uchun vositalarni o‘qituvchi 
umumiy bo‘lgan holatda tanlaydi, ya’ni ushbu vositalar ham ta’lim oluvchi uchun
, ham 
ta’lim beruvchi uchun samarali bo‘lishi talab etiladi. Ushbu ta’lim vositalarini qanday, 
qaerda, qachon tanlash kerakligi va ulardan o‘z o‘rnida samarali foydalanish 
o‘qituvchining bilimi, ko‘nikmasi va mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’lim beruvchi 
uchun vositalarga 
o‘quv metodik qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar, metodik 
ishlanmalar, o‘quv dasturlari, dars rejasi, ma’ruza matni, texnologik xarita, kalendar 
reja kabilar kiradi. Ta’lim oluvchi uchun vositalarga
 
darslik, o‘quv qo‘llanma, 
jadvallar, yo‘l
-yo
‘riqli, texnologik xaritalar, topshiriq varaqalari va hokazolarni misol 
qilish mumkin. Dars o‘tkazish uchun vositalarga
plakatlar, modellar, maketlar, 
jihozlar, audiovizual, audiovirtual vositalar, texnik, aniq vositalar kabilar kiradi. Ba’zi 
hollarda ta’lim oluvchi uchun mo‘ljallangan ta’lim vositalari ta’lim beruvchi uchun 
ham, dars o‘tkazish uchun ham qo‘llanilishi mumkin. 
Tanlab olingan metod, shakl va 
vositalar bir-
birini to‘ldirishi
kerak. 
Ma’lumki, o‘qituvchi dars jarayonida o‘tiladigan 
mavzu, uning 
maqsadi haqida gapirib, so‘ngra dars rejasini beradi. Dars jarayonida 
ko‘rsatib, izohlash mumkin bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar –
jadval, rasm, 
plakat,chizma, diagramma va boshqalardan foydalanish ta’lim oluvchilarning bilimini 
puxtalashtirishda muhim hisobl
anadi. Darsda oddiy bo‘r bilan yoziladigan doskani 
ishlatish ko‘p vaqtni olganligi bois, boshqa texnik vositalardan foydalanish imkoni 
yo‘q auditoriyalarda plakat, chizmalardan foydalanish maqsadga muvofiq. 
O‘zbek
tili 
mashg‘ulotlarida
o‘quvchini
ijodiy va mustaqil fikrlashga 
yo‘naltirish,
so‘z
tanlash, 
gapda 
so‘zni
to‘g‘ri
va 
o‘rinli
qo‘llash.
o‘z
fikrni aniq, ixcham, ravon ifodalashga 
o‘rgatish
til 
o‘qitish
metodikasining birlamchi vazifasi 
bo‘lsa,
«o‘quvchi

o‘quvchi»,
«o‘quvchi

o‘qituvchi»
tizimida o
‘zaro
muloqatni, bahsu munozarani 
to‘g‘ri
tashkil 
qilish, 
o‘quvchi
tafakkurini oqilona boshqarish, fikr ifodalash malakasini 
shakllantirishni 
o‘rganib,
talabalarni 
o‘qituvchilik
mahorati va 
ilg‘or
texnologiya bilan 
tanishtirib borish metodika fanining ikkinchi va 
bag‘oyat
muhim vazifasi hisoblanadi.
Ma’lumki, darslarni tashkil etishda ko‘rgazmali va tarqatmali materiallardan 
foydalanish muhim ahamiyatga ega. Didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri 
darslarning ko‘rgazmali va tarqatmaliligini ta’minlashda
n iboratdir
Bizga ma’lumki, 
ko‘rgazmali materiallarning xilma
-
xil shakllari mavjud. Taraqqiyotning o‘zi bir 



Yüklə 325,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin