www.pedagoglar.uz
Volume-27, Issue-1, February - 2023
19
O‘ZBEK TILI DARSLARIDA M
ULTIMEDIA VOSITALARINING
QO‘LLANILISHI
A.T.Baltayeva
Toshkent davlat transport universiteti
«O’zbek (rus) tili» kafedrasi dotsenti
Urnashev Sunnatbek Shuhrat o’g’li
To’xtasinov Muhammadqodir Akmal o’g’li
Aviatsiya fakulteti talabalari
Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili darslarida multimedia vositalaridan
unumli foydalanish, multimediali texnologiya va topshiriqlarni yaratishda
qo‘yiladigan
talablar va ularning joriy etilishi va metodistlarning multimedia vositalari haqidagi
fikrlari
haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
virtual olam, kiberpedagogika, multimediali texnologiya,
animatsiya, video, faoliyatli yondashuv.
Bugungi kunda, uzluksiz ta’lim tizimini texnika vositalarisiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Ta’lim vositalari
deb, o‘qitilishi va o‘rganilishi lozim bo‘lgan har
qanday
bilimlarni etkazuvchi va axborot tashuvchi vositalarga aytiladi.
Ta’lim vositalari uch
turga
bo‘linib o‘rganiladi: bosma, texnik va aniq
o‘quv vositalari.
Bosma yoki chop
etilgan o‘quv materiallariga chop etilgan barcha o‘quv va ko‘rgazmali material
lar
kiradi.
Bosma materiallar o‘z
navbatida ikki turga bo‘linib o‘rganiladi,
bular: matnli
va tasvirli bosma materiallar. Masalan, o‘quv yoki ishchi dasturlar,
darsliklar, o‘quv
va uslubiy qo‘llanmalar,
tarqatmali materiallar, ishchi varaqalari, nazorat (test) yoki
topshiriq varaqalari,
o‘quv
-
uslubiy majmualar, ma’ruza matnlari va boshqalar matnli
vositalarga misol
bo‘ladi.
Ular ma’lumotlar olish va ma’lumotlarni qayta ishlash uchun
xizmat qiladi.
Tasvirli ko‘rgazmali materiallarga slaydlar, diagrammalar, j
advallar,
fotosuratlar, chizma-sxemalar, plakat kabilar misol
bo‘ladi. Ulardan umumiy
tasavvurni vujudga keltirish uchun foydalaniladi. Texnika vositalarini ikki turga
bo‘lish mumkin: audiovizual, audiovirtual yoki yordamchi
-jihozli. Audiovizual
vositalarga
kompyuter, proektor, kodoskop, kinoapparat, kompakt disklar, o‘quv
televideniesi, videomagnitofon, videofilm, audiokassetalar, Power Point materiallari,
elektron darsliklar, multimedia vositalari kabilarni misol qilish mumkin.Audiovirtual
vositalarga
internet, masofaviy ta’lim kabilar misol bo‘ladi. Ushbu vositalar jarayonlar
va ishlash mexanizmlari to‘g‘risida tasvir va ovoz orqali tasavvurni vujudga keltirish
uchun xizmat qiladi. YOrdamchi-jihozli vositalarga
doskalar (oddiy bo‘r d
oska, oq
(flipchart) doska, magnit doskasi, «Pinbord» doskasi), parta, stul, stol kabilar kiradi.
Ushbu vositalar tasvir va matnni yozish hamda saqlash uchun xizmat qiladi. Aniq
|