18-mavzu. Piyozdoshlar (Alliaceae), Nargisdoshlar (Amaryllidaceae) va Gulsafsardoshlar (Iridaceae) oilasi Piyozdoshlar oilasining vakillari ko‘p yillik, piyoz boshli va maxsus hidli o‘t
o‘simlikdir. Ular yer sharining hamma
qismida, uchraydi. Bu oilaga 300 turkum,
550 tur kiradi. MDH da 228 ta, O‘zbekistonda 68 ta turi uchraydi. Barglari etli,
tasmasimon yoki naychasimon. To‘pguli oddiy soyabonsimon. Gulqo‘rg‘oni
oddiy, gultojbargsimon, gultojbarglar soni 6 ta, asosiy qismlari qo‘shilgan.
Changchilar 6 ta, urug‘chisi l ta, 3 mevabargchaning qo‘shilishidan hosil bo’lgan.
Tugunchasi ustki. Mevasi ko‘sakcha.
28
Sistematikasi. Bo‘lim. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o ‘simlikIar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae)
Ajdod (sinf). Lolasimonlar
yoki
bir
urug'pallalilar
(Liliopsida
yoki
Monocotyledones
) - Однодольные
Ajdodcha (sinfcha)- Lolakabilar (Liliidae)- Лилейные
Qabila. Lolanamolar (Liliales) - Лилейные
Oila. Piyozdoshlar (Alliaceae J.G.Agardh) - Луковые
Turkum. Piyoz (Allium I.) - Лук.
Piyozlar ko‘p yillik piyozboshli yoki ildizpoyali o‘t o‘simliklar bo’lib, o‘tkir piyoz
yoki sarimsoq hidiga va o‘ziga xos ta’mga ega bo’ladi. Ular Markaziy Osiyoning
tog'oldi choilari va tog’liklarida o'sadi. Bu turkum vakillari oziqovqat sifatida katta
ahamiyatga ega.
Allium сера- oddiy piyoz, osh piyoz,
A.sativum- sarimsoq piyoz,
A.suvorovii—suvorov piyozi, anzur piyoz,
A. pskemense- Pskom piyozi, tog‘ piyoz,
A. schubertii cho‘chqa piyoz kabi turlaridan har xil maqsadlarda foydalaniladi.