136
Ajdodcha (sinfcha)-
Yalpizkabilar
(Lamiidae)
- Яснотко-вые (Губоцветные)
Qabila.
Sigirquyruqnamolar (Scrophulariales) - Норичниковые
Oila.
Zubturumdoshlar (Plantaginaceae Juss.) - Подорожниковые
Turkum.
Zubturum (Plantago L.) - Подорожник
Tur. Zubturum, bargizub (Подорожник большой)
Plantago major L.
Katta
zubturum Zubturumdoshlar -
Plantaginaceae
oilasiga mansub bo‘lib, kalta va
yo‘g‘on ildizpoyali, poyasiz ko‘p yillik o‘t o‘simlik.
Yer ustki qismini ildizoldi
barglari va 10-50 sm balandlikdagi gul o‘qi tashkil qiladi. Barglari uzun, qanotli
bandli, keng tuxumsimon yoki keng ellipssimon,
tekis qirrali, 3-9 ta yoysimon
asosiy tomirli bo‘ladi. Gul o‘qi bitta yoki bir nechta. Mayda, ko‘rimsiz, to‘rt
bo‘lakli gullari gul o‘qi uehidagi boshoqsimon to‘pgulga joylashgan. Mevasi
tuxumsimon, ko‘p urug‘li ko‘sakcha.
26
Zubturum yo‘l chekkalarida, ariq, daryo, buloq bo‘ylarida, bog‘larda,
botqoqliklarda, dalalarda, ekinzorlarda, o‘tloqlurdu. o‘rmon chetlarida o‘sadi.
Dorivorlik xususiyati
: Tibbiyotda zubturumning bargi bilan gul ustki qismi
ishlatiladi. Barglari yil bo‘yi kalta bandli qilib qirqib olinadi va tezlikda soya yerda
quritiladi. Yer ustki qismi o‘simlik gullagan vaqtda yig‘iladi va quritilmasdan
undan shira olish uchun farmatsevtika zavodlariga yuboriladi. Zubturum bargi
bilan yer ustki qismi tarkibida 0,1%
efir moyi, shilliq moddalar,
saponinlar,
aukubin glikozidi, S vitamini (300 mg% gachA.
va К vitamini, 4,5-32,91 mg%
karotin, flavonoidlar (lyuteolin, apigenin, baykalalien va ularning glikozidlari),
organic kislotalar, oshlovchi va boshqa biologik faol moddalar, urug‘ida
22% gacha yog‘ saponinlar, 44% gacha shilliq va boshqa biologik
faol moddalar mavjud. Katta zubturumning dorivor preparatlaridan (damlamasi,
yangi yig‘ib olingan bargi yoki yer ustki qismining konservatsiya qilingan shirasi,
shirasidan tayyorlangan plantaglyusid preparati) m e’daichak kasalliklari (gastrit,
cnterit, enterokolit), yo‘g ‘on ichakning yallig‘lanishi, me’da va o‘n ikki barmoq
ichakning yara kasalligini davolashda foydalaniladi. Bundan tashqari, me’da
shirasining kislotaliligi kamayib ketgan hollarda ham ishlatiladi.
Bargi yoki yer
ustki qismi shirasi bilan tuzalishi qiyin bo‘lgan kolit kasalligi va yaralar
davolanadi. Zubturum bargi yo‘talga qarshi ishlatiladigan yig‘malar-choylar
tarkibiga kiradi. Zubturum qadimdan xalq tabobatida turli kasallikiami davolashda
keng ishlatilib kelingan o‘simlik hisoblanadi. Uning bargi bilan Abu Ali ibn Sino
o‘z vaqtida qiyin bitadigan yaralarni, shishlami (xavfli shishlami ham), ko‘z
yallig‘lanishi, jigar, buyrak va boshqa kasalliklami davolagan hamda qon to‘xtatish
uchun ishlatgan. Jigar va buyrak kasalliklarida hamda
qon tupurishda bemorga
26
M.A. Jo‘rayeva “ Dorivor o‘simliklar atlasi” O‘quv qo‘llanma. T 2019
137
zubturum urug‘ining qaynatmasini ichirgan. Bargidan tayyorlangan damlamasi
yoki quritilmagan barg shirasi xalq tabobatida nafas yo‘llari, ko‘z, teri, bezgak,
yo‘g‘on ichak yallig‘lanishi va turli yuqumli kasalliklarni hamda kuydirgini
davolashda ishlatilgan.
Zubturum, bargizub -
Dostları ilə paylaş: