S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Turkum. 
Tog'rayhon (Origanum I.) -Душица
Tur. Oddiy tog’rayxon - Origanum vulgare L. Ko’p yillik, bo’yi 30-60, ba’zan 90 
sm ga yetadigan xushbo’y o’t o’simlik. Poyasi bir nechta, tik o’suvchi, yuqori 
qismi sershoxli, tukli va to’rt qirrali bo’ladi. Bargi oddiy, cho’ziq tuxumsimon, 
o’tkir uchli, tekis qirrali bo’lib, bandi bilan poyada qarama-qarshi o’rnashgan. 
Gullari mayda, barg qo’ltig’ida 2-3 tadan joylashib, qalqonsimon to’pgul hosil 
qiladi. Qalqonsimon to’pgullar poya uchida ro’vaksimon to’pgulni vujudga 
keltiradi. Mevasi – kosachabarg bilan birlashgan to’rtta yong’oqcha. Iyun oyidan 
boshlab sentyabrgacha gullaydi. Mahsulotdan tayyorlangan preparatlar ichak 
atoniyasi kasalligida hamda ishtaha ochuvchi va ovqat hazm qilish jarayonini 
yaxshilovchi dori sifatida ishlatiladi. Efir moyi esa tish og’rig’ini qoldirishda 
ishlatiladi. 
Zubturumdoshlar
(Plantaginaceae) 
oilasi 
ikki 
urugʻpallali 
yoki 
magnoliyasimonlar sinfiga mansub koʻp yillik va bir yillik oʻsimliklar oilasi. 
260 turni oʻz 
ichiga 
olgan 
3 turkumdan iborat. 
Oiladagi 
eng 
katta 
turkum zubturum (
Plantago
) moʻʼtadil iqlimli mintaqalarda oʻsadi. Bir necha 
turdan 
tashkil 
topgan litorella (
LitorellA.
turkumi 
faqat Yevropa, Azor 
orollari va Janubiy 
Amerikada uchraydi. 
Bitta 
turdan 
iborat bouguyeria (BougueriA. turkumi esa Jan. Amerika uchun endemik 
hisoblanadi. Oʻzbekistonda Z.ning 6 turi usadi. Ularning gullari mayda, rangsiz, 
guldor poya uchi-dagi boshoqsimon toʻpgulga joylashgan. Gul boʻlaklari toʻrtta 
(kosabargi toʻrtta, tojbargi toʻrtta, changchisi toʻrtta, urugʻchisi ikkitA., tojbarglari 
rangsiz yupqa pardachadan iborat. mevasi qopqoqchali koʻsakcha, chorva mollari 
uchun oziqlik qiymati kam, baʼzi turlari dorivor hisoblanadi. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin