7
Kirish
Dorivor o‘simliklar insoniyatga juda qadim zamonlardayoq ma’lum
bo‘lgan. Dorivor o‘simliklardan
nafaqat oziq-ovqat, balki biologik faol
moddalar sifatida ham foydalanib kelingan. Dorivor o‘simliklar
uzoq tarixiy
davrlar mobaynida dori vositalarning yagona manbayi bo‘lib xizmat qilgan.
O‘rta asrlardan bizga shifobaxsh o‘simliklarni ta’rifi va ularni insonni
salomatligini yaxshilashda qo’llanilishiga doir ko‘pgina
ilmiy asarlar va
ma’lumotlar yetib kelgan.
Dunyo tibbiyot fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan yurtdoshimiz Abu Ali
ibn Sino (980 -1037 ) tibbiyot masalalariga 20 dan ortiq ilmiy asarlar yozgan.
Olim 20 yillar davomidagi o‘tkazgan tibbiyot amaliyotida to‘plagan
tajribalari
asosida 5 jildlik “Al-qonun” (“Tib qonunlari”) asarini yaratgan,
bu asar asrlar
mobaynida tibbiyot sohasidagi insonlar uchun ham dasturul amal bo‘lib xizmat
qilgan. Kitobda 500 dan ortiq dorivor o‘simliklar hamda ulardan tayyorlangan
40 dan ortiq dorivor vositalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Qadim zamondan boshlab inson yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan
turli kasalliklarni davolashda foydalanib keladi.
Hozirgi davrda dorivor
o‘simliklarning turi ko‘payib, xalq tibbiyoti shifobaxsh o‘simliklar bilan
boyigan. Yer yuzida dorivor o‘simliklarning 10-12 ming turi bor. 1000 dan ortiq
o‘simlik turlarining kimyoviy, farmokologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan.
O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarning 577 turi mavjud.
Shulardan hozirgi
vaqtda 250 turi ilmiy tabobatda ishlatilmoqda. Shu ko‘rsatilgan dorivor
o‘simliklar mahsulotining 48% yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan, 30%
turli tuproq iqlim sharoitida joylashgan xo‘jaliklarning dorivor o‘simliklar
o‘stiriladigan maydonlarida tayyorlanadi. Qolgan 22 % “aralash”
guruhni
tashkil qiladi, ya’ni bu guruh dorivor o‘simliklar mahsuloti ham yovvoyi holda
o‘sadigan, ham plantatsiyalarda o‘simliklardan yig‘iladi. Keyinchalik “aralash”
guruh dorivor o‘simliklardan tayyorlanadigan dorivor mahsulotlarning salmog‘i
umumiy yig‘iladigan dorivor mahsulot miqdorida
yil sayin oshib borishi
kutilmoqda.
Dostları ilə paylaş: