S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Nazorat savollari. 
1.
 
“Saydana” kitobining muallifi kim va unda nechta o‘simlik haqida 
ma’lumotlar yozilgan? 
2.
 
Dorivor o‘simliklar atlasini kim qachon yozdi?
3.
 
Nima maqsadda Butun ittifoq dorivor va xushbo‘y o‘simliklar ilmiy 
tekshirish instituti ochildi? 
4.
 
Shifobaxsh o‘simliklarga qiziqish ortishi natijasi nimalarda namoyon 
bo‘lmoqda? 
5.
 
Tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilgan dorivor preparatlarning nechtasi tabiiy 
birikmalar? 
6.
 
Yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda necha % dorivor o‘simliklar 
xomashyosi ishlatiladi? 
7.
 
Jigar va oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda necha % dorivor 
o‘simliklar xomashyosi ishlatiladi? 
8.
 
Balg‘am ko‘chirishini va qon to‘xtatishini davolashda necha % dorivor 
o‘simliklar xomashyosi ishlatiladi? 
9.
 
O‘zbekiston hududida qancha tabiiy yuksak o‘simliklar va qancha 
o‘simliklar dorivorlik xususiyatlariga ega? 
10.
 
O‘zbekistonda qaysi dorivor o‘simliklardan ko‘proq foydalanilgan?


12 
2-mavzu. O‘simliklar florasi va floraning chegaralanish tamoyillari 
Yer shari o‘simliklar qoplami. Mintaqalar bo‘yicha o‘simlik dunyosining 
tarqalishi. Sovuq iqlim, subtropik va tropik iqlim o‘simliklari. Mo‘tadil iqlim 
o‘simliklari. Cho‘l zonasi o‘simliklari. O‘simlik dunyosining xalq xo‘jaligi va 
farmasevtika sanoatidagi ahamiyati. Hozirga kelib o‘simliklar qoplamini 
klassifikatsiya qilishning o‘nga yaqin metodlari mavjud. Ammo ularning 
hammasini ikkita katta guruhlarga birlashtirish mumkin:
1. Dominantlik metodi
2. Ekologo floristik metod. 
Sobiq Ittifoq respublika olimlari, asosan, birinchi metod bilan ishlaganlar va 
hozirgacha ham ko‘pchilik aynan shu metoddan foydalanadilar. Ammo chet el 
olimlari, ayniqsa, Yevropa olimlari bu metoddan umuman foydalanmaydilar. 
Ularning fikriga ko‘ra, ushbu metod juda ham sun’iy natijalarga olib keladi. 
Dominantlik metodining asosiy mohiyati shundaki, o‘rganilayotgan hududda 
geobotanik tavsif berilayotgan paytda edifikator va dominant turlarga asosiy 
e’tibor qaratiladi, ya’ni o‘simliklar qoplamida hukmronlik qilayotgan asosiy turlar 
aniqlanadi va ularning nomlariga asosan o‘simliklar jamoasi (assotsiatsiyA. ga 
nom 
beriladi. 
Bir 
qancha 
birga 
o‘sayotgan 
turlar 
ham 
ko‘rsatiladi. Hududning ekologik va geografik tavsifiga ham e’tibor beriladi. 
Assotsiatsiya aniqlangandan keyin dominantlari umumiy bo‘lgan assotsiatsiyalar 
formatsiyaga (yirikroq sintaksongA. biriktiriladi. Ikkinchi, ya’ni ekologo floristik 
metod bilan klassifikatsiya qilinganda ham eng asosiy sintakson assotsiatsiya 
bo‘lib qolaveradi. Ammo assotsiatsiyani aniqlash juda murakkab tahliliy jarayonlar 
orqali amalga oshiriladi. Buning uchun tadqiqotchi juda kuchli florist bo‘lishi 
kerak. Ana shu hududdagi barcha turlar to‘liq aniqlanishi shart. Juda ko‘p 
jadvallarga solish va maxsus dasturlardan foydalanish natijasida assotsiatsiyaga 
nom beriladi. Bunda uning nomini aniqlash uchun dominant turlar emas, balki ana 
shu muhit uchun xarakterli bo‘lgan turlarning nomlaridan foydalaniladi. Ya’ni, 
ikkinchi metod orqali aniqlangan assotsiatsiya nomi tilga olinishi bilan, uning 
ekologik sharoiti ham ko‘z oldiga keladi. Ammo ikkinchi metodning murakkabligi 
va yuksak kvalifikatsiya talab qilinishi munosabati bilan ko‘pchilik haligacha 
dominantlik (fizionomik) metoddan foydalanib kelishmoqda.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin