Turkum. Kedr (Cedrus Link.) — Кедр . Bu turkumga yirik daraxt kirib, bo‘yi
50 m ga yetadi. Novdalari uzun bo‘lishi bilan tilog‘ochga o‘xshaydi. Novdalarda
nina barglari bittadan bo‘lib, spiral holda va qisqargan novdalarida to‘p-to‘p bo‘lib
joylashadi. Changi ikki pufakli bo‘lib, qoraqarag‘ayning changiga o‘xshab ketadi.
Kedr turkumining turlari umuman tilog‘ochga o‘xshasada, qish faslining sovug‘ida
ninabarglari to‘kilib ketmasligi bilan farq qiladi. Yorug‘sevar va issiqsevar bo‘lib,
qurg‘oqchilikka chidamli, qumoq tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. Bu turkumning 4
ta turi bo‘lib, ular O‘rta yer dengizining atrofidagi mamlakatlarda va Himolay
tog‘ining g ‘arbida keng tarqalgan.
Tur. Atlas kedri (Cedrus atlantica Manetti.) bo‘yi 20-40 m, diametri 2,5 m ga
yetadigan yirik daraxt hisoblanadi. Nina barglarining uzunligi 2,0-4,9 sm qattiq
dag‘al, 4 qirrali yashil-zangori yoki kumush rangda, yo bo‘lmasa yashil. Qubbasi
tuxum yoki silindrsimon bo‘lib, bo‘yi 7 sm, eni 4 sm gacha. Atlas kedri Jazoir va
Marokkodagi tog‘larda dengiz sathidan 1400-2000 m balandliklarida o‘sadi.
Kavkaz va Qrim tog‘larida madaniy holda o‘sadi. Urug‘i 12 mm, keng, qanotchali.
Atlas kedri
urug‘idan ko‘payadi. Daraxt yer tanlamaydi, ifloslanishiga chidamli.
Bu kedming qator yoki to‘da-to‘da qilib, yo bo‘lmasa madaniy o‘rmonlar sifatida
respublikamizning janubiy hududlariga ekish tavsiya qilinadi.
Atlas kedri (Cedrus atlantica Manetti.) Dorivorlik xususiyati: Atlas kedri yog‘i antiseptik xususiyatlarga ega,
yog‘larning parchalanishiga yordam beradi, shuning uchun u kosmetika ishlab
chiqarishda qo‘llaniladi. Atlas kedri davolovchi xususiyatlari qadim zamonlardan
beri ma’lum bo‘lgan. Atlas kedri daraxti juda kuchli hidga ega, chunki u tarkibida
efir moyi mavjud. Uning hidi chumolilar, termitlar, chivinlar, kuya va boshqa
hasharotlarni qaytaradi.
Atlas kedri yog‘i Tibet ibodatxonalarida va tibbiyotida tutatqi sifatida ishlatilgan.
Atlas kedri asabiy taranglikni yengillashtiradi ya’ni ruhiy sokinlashish jarayonini
yuzaga keltiradi. Atlas kedri yog‘i jarohatni davolash va kuyishga qarshi, og‘iz
bo‘shlig‘i kasalliklari, osteoxondroz va artrit, og‘riq va bo‘g‘imlarning
24
yallig‘lanishini kasalliklarini, soch to‘kilishini davolashda samarali vositalardan
biri hisoblanadi.