S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Sarvdoshlar(Cupresaceae) oilasi 
Efedradoshlar - Ephedraceae 
oilasi vakillari Yevropa va Osiyo mamlakatlarida 
tarqalgan. Bu oila vakillari urug‘ining maxsus qobiqqa-pardaga o‘ralganligi bilan 
farq qiladi. Bu oilaning bitta efedra turkumi bor. Efedralar buta o‘simliklardir, 
bo‘yi 3-4 metrgacha yetadi, sershox shoxlari qo‘ng‘ir rangda, novdalari bo‘g‘imli, 
yashil, mayda bargli, barglari 3-4 tadan bo‘lib, qarama-qarshi, halqa shaklida 
joylashib, bir-biri bilan qo‘shilib o‘sadi. Ko‘pincha ular juda qisqarib, qinga 
o‘xshab qoladi. Efedralar bir uyli yoki ikki uyli o‘simlik. Changchi qubbalari 
kichik boshoq shaklida, yashil novdalaridagi tangacha barglar qo‘ltigida 3-4 tadan 
bo‘lib joylashadi. Urug‘i 2- 4 qirrali, qizil yoki sariq rangda, ikkinchi yili yetiladi. 
Efedra turkumining 42 ta turi bo‘lib, shulardan 23 tasi MDH uchraydi. Ularning 13 
tasi Qozog‘istonda va Markaziy Osiyo respublikalarida tarqalgan
 
Sistematikasi 
Bo‘lim. 
Qarag‘aytoifa 
(Ochiq 
urug‘li) 
o‘simliklar 
(Pynophyta 
yoki 
Gymnospermae)-Голосеменные 
Ajdod (sinf). 
Qizilchasimonlar yoki gnetsimonlar (Gnetopsida) -Гнетовые 
Qabila. 
Qizilchanamolar (Ephedrales) - Эфедровые
 
Oila. 
Qizilchadoshlar (Ephedraceae Dumort.) - Эфедровые
Turkum. 
Qizilcha (Ephedra L.) - Эфедра, Хвойник 
3
Tur. Qizilcha (Ephedra strobilacea Bge.) 
buta o‘simlik , bo‘yi 2 m, diametri 8-
10 sm keladi. Qubbasi quruq mevaga o‘xshab tuzilgan, o‘rama barglari qanotcha 
sifatida meaning atrofga tarqalishiga yordam beradi. Barglari reduksiyalashgan
assimilatsiya funksiyalarini yosh novdalari bajaradi. Yozgi jaziramalarni
boshlanishi tufayli, bahorgi yosh shoxchalarini tashlab yuboradi, o‘suvchi 
novdalarning o‘sishi ham to‘xtaydi. Gullari ikki uyli, gullari mayda (6-7 mm) 
dumaloq-tuxumsimon shaklda. Mevalari sharsimon, rezavor mevaga o‘xshash 
diametri 6-7 mm. Uning
 
yashil yosh novdalarida efedrin alkaloidi bo‘lib, u 
tibbiyotda qo‘llaniladi. Undan yonilg‘i sifatida foydalaniladi. Asosan Qizilqum va 
Qoraqum cho‘llarida keng tarqalgan. 
3
O‘. P. Pratov, M. M. Nabiyev O‘zbekiston yuksak o‘simliklarining zamonaviy tizimi., 

O'qituvchi” nashriyot- matbaa ijodiy uyi Toshkent 
- 2007 


21 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin