1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2
Xalq tabobatida efedra damlamasi revmatizm, qoraqo‘tir, bezgak, oshqozon
yarasi, yurak va o‘pka kasalliklarida qo‘llaniladi.
G‘uborli efedra (Ephedra glauca Rgl.) yo‘g‘on tanali, sershox buta, bo‘yi 1,5
metr keladi. Tangachasimon mayda barglari qarama-qarshi joylashadi, yosh
novdasi bo‘g‘imli, yashil. Mevalari 2 urug‘li, urug`lari elliptik shaklda 3-6 mm,
to‘q jigarrangda. Bu o‘simlik Markaziy Tyan-Shanda va Pomir-Oloyda keng
tarqalgan va asosan tog‘ daryolarining konusli yotqiziqlarida va toshloq tog‘ yon
bag`irlarida o‘sadi. Yosh novdasidan efedrin va psevdo-efedrin alkaloidlari
topilgan. Ular tibbiyotda ishlatiladi. Efedraning turlari mahalliy xalq orasida
zog‘oza yoki qizilcha nomi bilan ataladi. Uning mevasidan alohida ichimlik
tayyorlanadi. Efedra yashil to‘siq uchun juda mos keladi. Ular muhim meliorativ
funksiyalami bajaradi
Sistematikasi: Bo‘Iim. Qarag‘aytoifa
(Ochiq
urug‘li)
o‘simliklar (Pynophyta
yoki
Gymnospermae)-Голосеменные
Ajdod (sinf). Qarag‘aysimonlar (Pinopsida) - Хвойные
Ajdodcha (sinfcha)- Qarag‘aykabilar (Pinidae)- Хвойные
Qabila. Qarag‘aynamolar (Rinales) - Сосновые
Oila. Qarag‘aydoshlar (Pinaceae Lindl.) - Сосновые
4
Кузьмич // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). —
СПб., 1890—1907. Проверено 12 декабря 2010..
5
Kasahara Y., Hikino H., Tsurufuji S., Watanabe M., Ohuchi K. Antiinflammatory actions of
ephedrines in acute inflammations (англ.) // Planta Medica : journal. — 1985. — No. 4. — P.
325—331. — PMID 4070447
6
Ikhlas A. Khan, Ehab A. Abourashed. Ephedra // Leung‘s Encyclopedia of Common Natural
Ingredients: Used in Food, Drugs and Cosmetics (англ.). — 3rd. — New York: Wiley, 2009. —
ISBN 978-0471467434..