S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Sistematikasi:
 
Bo‘lim
. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki 
Angyospermae) 
-
Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki 
Dicotyledones) 
-
Магнолиевые или Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha)- 
Ayiqtovonkabilar (Ranunculidae) 
-
Лютиковые 
Qabila. Zirknamolar 
(Berberidales) 

Барбарисовые 
Oila. 
Zirkdoshlar (Berberidaceae Juss.) 
-
Барбарисовые
Turkum. 
Zirk, qoraqant (Berberis L.) 
-
Барбарис 
Bu turkumga 20 ga yaqin turlar kiradi, ular asosan shimoliy yarimsharning 
mo‘tadil mintaqasida 50° shimoliy kenglik va tropiklar orasida tarqalgan. Zirk 
turlari asosan tog‘li hududlarda o‘sadi. MDH davlatlarida zirkning 12 ta turi 
tarqalgan bo‘lib, ularning 8 ta turi Markaziy Osiyo, 5 ta turi Kavkaz florasidan 
o‘rin olgan. O‘zbekistonda 4 zirk turi tabiiy holda tarqalgan. Zirklarda qirrasimon 
novdalar va oddiy tukli barglari mavjuddir. Novdalarida bir, uch hattoki beshtalik 
tikanlar bilan qoplangan. Gullari ikki jinsli, sariq rangda to‘plam holida yig‘ilgan. 
Barcha zirklar berberin alkaloidiga ega.
Tur. Oddiy zirk (Berberis vulgaris L.)
Balandligi 3 metrgacha o ‘sadigan buta, 
novda, po‘stlog‘i oq qo‘ng‘ir rangda, shoxlari ingichka. Aprel oyida barg chiqarish 
bilan bir vaqtda gullaydi. Mevasi 10-12 mm uzunlikda va 6 mm gacha diametrga 
ega. Mevalari 2-3 urug`i ba’zan urug‘siz. Urug`lari 5 mm gacha uzunlikda och-
jigarrangda. Mevasi tiniq qizil rangda, barglari to‘q yashil rangda, juda 
xushmanzara buta. Soyaga va qurg‘oqchilikka chidamli, ildizidan bachkilaydi. 
Yog‘ochi tiniq sariq bo‘lib, quriganda qorayadi, chiroyli, shuning uchun mebel 
sanoatida ishlatiladi. Mevasidan turli ichimlik, murabbo va konfet mahsulotlari 
tayyorlanadi. Tanasi va ildizining po‘stlog‘i teri va jun gazlamalami bo‘yashda 
ishlatiladi. Barglari va mevasi tarkibida 6% ga yaqin olma kislotasi va S vitamini 
bor. Uning barglarida zang zamburug‘i rivojlanib, g‘alla o‘simliklariga tarqaladi va 
ulami zararlaydi. Shuning uchun ekin dalalariga yaqin joyga zirk ekmaslik kerak. 
Bu o‘simlik MDH ning Yevropa qismi o‘rtasi va janubidagi viloyatlarda, Qrim va 


32 
Kavkazda tog‘li hududlarda keng tarqalgan. Zirkning barcha turlari qadimdan xalq 
tabobatida ishlatilgan. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin