S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Sistematikasi:
 
Bo‘lim.
Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki 
Angyospermae) - Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki 
Dicotyledones) 
-
Магнолиевые или Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha)- 
Ayiqtovonkabilar (Ranunculidae)
-
Лютиковые 
Qabila. 
Ayiqtovonnamolar (Ranunculales) 
-
Лютиковые 
Oila. 
Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae Juss.) 
-
Лютиковые
Turkum. 
Ayiqtovon (Ranunculus L.) 
-
Лютик 


35 
Tur. 
Yumshoq tikanli ayiqtovon 
-
Ranunculus muricatus L.
11

Bir yillik o‘simlik. Poyasi tuksiz yoki uzun tuklar bilan qoplangan, 10 
25 sm. Ildiz oldi barglari uzun bandli, buyraksimon yoki yumaloq, uchta 
bo‘lakka bo‘lingan. Bo‘laklari keng, yirik tishli yoki 2-3 marta qirqilgan, 
birlamchi 
segmentlari 
bandli, 
parraksimon 
tishchali. 
Poyadagi 
barglarning asosi ponasimon, ko‘p marotaba uch bo‘lakka bo‘lingan, kam 
hollarda butun plastinkali, bandli yoki bandsiz. Guldor poyasi juda ko‘p, 
ingichka. Guli 1-1,5 sm enlilikda. Kosachabarglari tuklar bilan 
qoplangan. Tojbarglari cho‘ziq teskari tuxumsimon, 5-8 mm uzunlikda, 
kosachabargidan biroz uzunroq. Gulo‘rni ingichka siyrak tukli. Mevasi 
yulduzsimon, yassi, 7-8 mm. uzunlikda, tuxumsimon, biroz kengaygan 
chetlari qo‘sh hoshiyali, yonlari tikanli o‘simtalar bilan qoplangan. 
Tumshuqchasi qilichsimon, asosi yo‘g‘onlashgan, tekis yoki biroz 
egilgan, mevaning butun uzunligining deyarli yarmiga teng. Aprel – may 
oylarida gullab, mevasi etiladi. Daryo o‘zanlari, ariq bo‘ylari, yo‘l 
yoqalari, o‘rmonlar, o‘tloqlar, butazorlar, bog‘lar, ekin maydonlarida 
begona o‘t sifatida o‘sadi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand 
viloyatlarida uchraydi. Umumiy tarqalishi: O‘rta Osiyo, Qrim, Kavkaz 
O‘rta yer dengizi atrofi, Janubiy va G‘arbiy Yevropa, Eron. SHimoliy 
Amerika va Avstraliyaga olib borilgan. Kimyoviy tarkibi: γ-laktonlar: 
0,3% ranunkulin. Mevasida 17,7% yog‘-moy mavjud .
11
O‘. P. Pratov, M. M. Nabiyev O‘zbekiston yuksak o‘simliklarining zamonaviy tizimi., 

O'qituvchi” nashriyot- matbaa ijodiy uyi Toshkent 
- 2007


36 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin