S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Dorivorlik xususiyati. 
Abu Ali ibn Sino o‘simlik ildizidan tayyorlangan 
damlamasi barglari va mevalaridagi sharbatini jigar, oshqozon, qon kasalliklari va 
ichakni shikastlashida ishlatgan. Bu o‘simlik jigarni kuchaytiradi, safroni qattiq 
haydaydi. Ibn Sino issiq shishlar - mahalliy yallig‘lanish jarayonlarida, shuningdek 
qon ketganda o‘simlik damlamasini tavsiya qilgan.
 
Xalq tabobatida zirk barglaridan olingan mevalar va sharbatlarning tarkibida 
isitmani tushiruvchi, tashnalikni kamaytiruvchi vosita, isitma, jigar kasalliklari
podagra, revmatizm, oshqozon va ichak kasalliklarida foyda beruvchi moddalar 
mavjud.
Oddiy zirk - Berberis vulgaris L.
Zirkning farmakologik ta’siri o‘simlikdagi berberin alkaloidi tarkibiga qarab 
belgilanadi. U safroni suyultiradi, safro sekretsiyasini kuchaytiradi, qon ivishini 
tezlashtiradi. Shuning uchun zirkli preparatlar zamonaviy tibbiyotda gepatit, 
gepatoxoletsistit, xoletsistit kasalliklarida ishlatiladi. Zirkning damlamasi 
bachadondan qon ketishida va yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liq qon ketishida 
yordamchi vosita sifatida ham ishlatiladi. Tibbiy amaliyotda berberin bisulfat 
tabletkalar va oddiy zirk barglaridan damlamasi shaklida qo‘llaniladi. Berberin 
tabletkalari xoleretik vosita sifatida ishlatiladi 
Turkum. 
Maxoniya (Mahonia Nutt.) - Магония. Bu turkumga barglari murakkab 
patsimon tuzilgan, doim yashil bo‘lgan, novdalari tikansiz butalar kiradi. 
Turkumning turlari ko‘p. 


33 
Tur.
Padubbargli magoniya (Mahonia aquifolium Nutt.)
 
ayniqsa, diqqatga 
sazovor. Bu past bo‘yli, yerga yotib o‘sadigan buta bo‘lib, barglari qattiq, po‘sti 
qalin, to‘q yashil rangda, bargchalari o‘tkir tishchali. U may oyida gullaydi, gullari 
tilla rang sariq, yig‘ilib shingilcha hosil qiladi. Rezavor mevasi seret, qoramtir, 
havo rang, yumaloq shaklda bo`lib, diametri 8 mm gacha, ular kuzda yetiladi. 
Urug‘ olish uchun mevasini avgust oyida yig‘ish kerak. Magoniyaning bu turi 
Shimoliy Amerikadagi tog`li hududlarida tarqalgan. Bizda, asosan, manzarali buta 
sifatida ekiladi, chunki uning guli va barglari juda go‘zal. Sovuqqa, 
qurg‘oqchilikka chidamli. MDH ning Yevropa qismida, jumladan, Ukrainada, 
Rossiyaning Sankt-Peterburg, Ufa shaharlarida o‘sadi. Ildizidan oson bachkilaydi, 
soyada ham o‘saveradi. O‘rmon melioratsiyasi ishlarida tog‘ qiyaliklarini yomg‘ir 
suvi yuvib ketishidan saqlash maqsadida ekish uchun juda qulay o‘simlik. 
Ko‘kalamzorlashtirishda, ayniqsa, tog‘li hududlardagi shahar va qishloqlarda 
manzarali o ‘simlik sifatida keng qo‘llaniladi. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin