34
magoniya diareya, revmatizm, podagra, buyrak va jigar kasalliklarida qo‘llaniladi.
Magoniya shishlarni yengillashtiradi, kapillyarlarning devorlarini mustahkamlaydi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
: Magoniyaga asoslangan dorilarni
qo‘llashda, tarkibida alkaloidlar borligini esdan chiqarmaslik kerak chunki bu
moddalar o‘simlik tanasida katta dozalarda uchraydi.
Bu esa juda katta miqdorda
zahar mavjud deganidir. Shuning uchun homilador va emizikli ayollarga meva va
o‘simlikning boshqa qismlarini olish tavsiya etilmaydi. Mahoniyaning haddan
tashqari miqdori diareya va ko‘ngil aynishiga olib kelishi mumkin..
Ayiqtovondoshlar asosan ikki urug’pallalilar sinfining koʻp yillik (baʼzilari bir
yillik) oʻt. Buta yoki chala buta turlari ham uchraydi. Barglari ketma-ket (baʼzi
turlarida qarama-qarshi) oʻrnashgan, koʻpincha
yon bargchasiz, panjasimon
-
oʻyma yoki qirqma, oddiy (baʼzilarida murakkab). Gullari ikki jinsli, koʻpchilik
turlarida toʻgʻri (aktinomorf), ayrim turlarida qiyshiq (zigomorf). Gulqoʻrgʻoni
oddiy
yoki
qoʻshqavat. Sallagul (PaeoniA.,
suvyigʻar
(AquilegiA.,
parpi
(Aconitum), isfarak (Delphinium), ayiqtovon (Ranunculus)
kabi turkumlarga
mansub oʻsimliklarning gulkosasi, koʻpchilik turlarida esa gultojlari ham besh
bargli. Aksariyat turlarida changchi va urugʻchilar koʻp.
Mevalari
-
bargak yoki
yongʻoqcha, kamdan-kam hollarda koʻsakcha shaklida. Ayiqtovondoshlarning
1500 ga yaqin turi bor. Tropik zonadan boshlab shimoldagi barcha mintaqalarda
uchraydi. Markaziy Osiyoda 200 dan ziyod turi (25 turkumi) bor. Oʻzbekistonda
Ayiqtovondoshlarning
ayiqtovon, isfarak, pufanak (Anemone), adonis (Adonis),
suvyigʻar kabi turkumlariga mansub juda koʻp turlari oʻsadi. Baʼzilari, mas,
sallagul, isfarak, suvyigʻar xushmanzara oʻsimlik, ayrimlari esa, mas, adonis,
ayiqtovon, parpilar dorivor oʻsimlik. Ayiqtovondoshlarning ayiqtovon, parpi
singari turkumlariga mansub turlarning tarkibida zaharli moddalar (alkaloid
va glikozidlar) bor. Shu sababli bunday oʻsimliklar oʻsgan oʻtloqlarda mol boqish
xavfli
.
Dostları ilə paylaş: