S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


O‘tkir mevali ayiqtovon - Ranunculus oxyspermus MB



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

O‘tkir mevali ayiqtovon - Ranunculus oxyspermus MB.
Turkum. 
Parpi (Aconitum L.) - Аконит
 Tur. Oq parpi (Aconitum talassium Popov)
-
bu ko‘p yillik o‘t o‘simlik, Tyan-
Shan va Pomir-Oloy tizmasidagi son jihatdan qisqarib borayotgan va areali 
bo‘lingan endem o‘simlik turi hisoblanadi. Bo‘yi 1,5 metrga yetadigan, ko’p yillik, 
tuganak, ildizpoyali o‘t. Poyalari oddiy tik o‘suvchi hisoblanadi. Poyaning yuqori 
qismidagi barglari bandsiz, poyasining pastki qismidagilari bandli, yaprogi 
asosigacha yirik tishli bo‘laklarga ajralgan. Gullari shingil hosil qiladi, gullarining 
rangi oqitmir tusda. Iyun-iyulda gullab, iyul-avgust oylarida mevasi pishib 
yetiladi. Urug‘ bilan ko‘payadi. O‘zbekistonning Toshkent, Farg‘ona, Jizzax, 
Qashqadaryo viloyatlari: Piskom, Chotqol, Qurama, Farg‘ona viloyatlari
Turkiston, Zarafshon, Hisor tog‘-tizmalarida nam yerlarda buloqlarning atroflarida 
o‘sadi. Ba’zan buloq bo‘ylarida kichik parpizorlar hosil qiladi. 
Oq parpi - Aconitum talassium Popov
 


38 
 Turkum
.
 
Uchma (Ceratocephala Moench) 
-
Рогоглавник turkumi erta bahorgi, 
efemer o‘simlik. Barglari uchtalik qirqilgan va ildiz oldiga o‘mashgan. 
O‘simlikning bo‘yi 1 dan 10 sm gacha, poyasi bargsiz. Gullari aktinomorf, ikki 
jinsli, hasharot yordamida changlanadi. Gulkosa va gultoji barglari 5 tadan, erkin 
o‘sgan, changchilari 5 tadan 15 tagacha, urug‘chisi cheksiz. Gullagan davrida 
hayvonlar uchun zaharli hisoblanadi. O‘zbekistonda C. Ceratocephalus orthoceras 
va C. falcatus turlari uchraydi. 
Tur. Ceratocephalus orthoceras
. Bu o‘simlik hayotiy shakliga ko‘ra bir yillik 
hisoblanadi. balandligi 10-15 sm gacha, poyasi kalta. Gullar sariq, kichik. Mart - 
aprelda gullaydi.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin