S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Dorivorlik xususiyati
: Abu Ali ibn Sino oqtut bargidan angina, quritilmagan barg 
shirasini esa tish og‘rig‘i kasalliklarida tavsiya qilgan. Meva shirasi bilan og‘iz va 
tomoqdagi shishlarni, dizenteriya kasalligini davolagan hamda siydik haydovchi 
17
Belolipov I.V., Axmedov X.A. va boshq. Botanikadan amaliy
 
mashg‘ulotlar: o‘quv qo‘llanma,- Toshkent: ToshDAU, 2002. - 956. 


46 
dori vositasi sifatida ishlatgan. Xalq tabobatida oqtut ichak kasalliklarida, qonni 
tozalashda, 
kamqonlik, 
oshqozon-ichak 
xastaliklari, 
gastrit 
kasalliklarini 
davolashda foydalaniladi.
Oq tut
 - 
Morus alba
Tutlarning vatani Xitoy va Markaziy Osiyo. Tut bargi ipak qurti uchun oziqa 
manbayi hisoblanadi. Tut mevasi shifobaxsh ozuqa manbayi hisoblanadi.
Tur. 
Shotut
, shohtut
(Morus nigra) 
- tutdoshlarga mansub daraxt. Bu daraxt 
qadimdan Oʻzbekistonda ekib koʻpaytiriladi. Bu tut boshqa tutlarga nisbatan sekin 
oʻsadi. Boʻyi 8- 10 m. Shotut yorugʻsevar, namsevar, sovuqqa chidamli daraxt.
Bargi yirik, yuraksimon, yaxlit yoki cheti yirik arra tishli, dagʻal, gullari ikki 
jinsli. Mevasi toʻq qizil, qora rangda. Meva tarkibida 25 - 27% qand, shuningdek, 
turli vitaminlar va mineral moddalar bor. Bahorda kechroq uygʻonadi. Mevasi 
iyundan-sentabrgacha pishib yetiladi. 
Dorivorlik xususiyati
. Bargidan tayyorlangan qaynatmasi va mevasi xalq 
tabobatida qon bosimini pasaytiruvchi, milk kasalliklarida davo sifatida ishlatiladi. 
Turkum.
Anjir (Ficus)
 
— Инжир. 
Bu turkumning 
700 ga yaqin turi 
subtropik o‘simliklardir. Daraxt yoki butalardan iborat. O‘rta Osiyoda anjir (Ficus 
caricA. yovvoyi holda o‘sadi. Eng katta turkum anjir 
(Ficus) 
bo‘lib, 1000 ga yaqin 
turi bor. O‘zbekiston florasida anjirning 
Fcus carica 
turi uchraydi. Anjir sut 
shirasiga boy bo‘lgan daraxtsimon buta o‘simlik. Barglari yirik, panjasimon 
qirqilgan. Gullari ayrim jinsli bo‘lib, yassi to‘pgulga yashiringan. Yong‘oqcha 
mevalari yassi to‘pmevaning ichida. Mevasi tarkibida 80% gacha qand va 


47 
vitaminlar bo‘ladi. Ikkinchi turi 
Ficus elastic 
manzarali o‘simlik sifatida ekib 
o‘stiriladi

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin