Sistematikasi Bo‘lim . Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae)
- Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные
Ajdod (sinf). Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki
Dicotyledones) - Магнолиевые или Двудольные
Ajdodcha (sinfcha)- Dalachoykabilar (Dillemidae)- Дшлениевые
Qabila. Gazandanamolar (Urticales)
- Крапивные
Oila. Tutdoshlar (Moraceae Link)
- Тутовые
Turkum. Tut (Morus L.) - Тут, Шелковица turkumi vakillari daraxt va buta
o‘simlikIardir. Barglari oddiy. Bu turkumda geterofiliya hodisasini ko‘ramiz, ya’ni
bitta daraxtda har xil shaklga ega bo‘lgan barglar uchraydi. Barglar butun, o‘yilgan
qirqilgan yoki chuqur qirqilgan bo’lishi mumkin. Gullari ayrim jinsli, zich sochoq
to‘pgulga yoki sirg‘asimon to‘pgulga joylashgan, bir yoki ikki uyli o‘simIiklar.
Mevalari rezavor, to‘p meva bo‘lib, uglevodlarga va vitaminlarga boy, ovqat uchun
ishlatiladi. Barglari ipak qurti uchun yagona oziq hisoblanadi. O‘zbekistonda
shotut
(M.nigra) va oq tut
(M. alba) ko‘proq ekib o‘stiriladi. Maklyura
(MaclurA. tikanli daraxt. Barglari oddiy, ketma-ket joylashgan. Yosh novdalari va mevalari
sut shirasiga boy
. Turkumga oid 12 ta turi mavjud. Respublikamizda 2 ta turi keng
tarqalgan.
17
Tur . Oq tut (Morus alba ) Bo‘yi 15-20 m ga yetadigan daraxt. Barglari to‘q yashil,
gullari ko‘rimsiz, to‘pmevasi sershira, urug‘i mayda yong‘oqcha. Oq tutni 400 dan
ortiq navlari bor, ulardan ko‘pchiligi bargi va mevasi uchun ekiladi. Oq tut tabiiy
holda Xitoyda o‘sadi. U yashil bo‘yoq beruvchi, dorivor, oziq-ovqat va manzarali
o‘simlik sifatida ko‘pchlikka ma’lum. Xalqimiz orasida uni “marvarid tut” deb
ham aytishadi.