4
DORIVOR O‘SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI
S.X. Babadjanova, X.M.Bobojonova
Annotatsiya
Mazkur o‘quv qo‘llanmada
“Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi”
fanining mazmun va mohiyati, dorivor o‘simliklarning xalq xo‘jaligidagi
ahamiyati,
yer yuzi va O‘zbekiston florasida uchraydigin asosiy dorivor o‘simlik
turlari va ularning tibbiyotdagi ahamiyati, asosiy dorivor o‘t o‘simlik turlari,
tarqalishi va dorivor o‘simliklari nomenklatura nomlari bo‘yicha ma’lumotlar
o‘rganilib tahlil qilingan bo‘lib, u 5411100 - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va
qayta ishlash texnologiyasi ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining “Dorivor
o‘simliklar florasi va sistematikasi” fanidan o‘quv qo‘llanma
sifatida
tavsiya
etiladi.
Taqrizchilar:
Xorazm Mamun akademiyasi kata ilmiy xodimi biologiya fanlari nomzodi, kata
ilmiy xodim
A.Jumaniyazov
Urganch davlat universiteti Biologiya kafedrasi dotsenti biologiya fanlari nomzodi
Z.Allaberganova
Urganch davlat universiteti Biotexnologiya kafedrasi kata o`qituvchisi
U.Abduraxmanov
5
SO`Z BOSHI
Insoniyat rivojlanishi davom etar ekan, aholi sonining oshishi natijasida
uning oziq-ovqat,
kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari va dori-darmon
mahsulotlariga talabi oshib boradi. Hozirgi paytda yildan-yilga atrosfera
havosining buzilishi, sifatli ozuqaning yetishmasligi va boshqa ko`pgina
sabablar
borgan sari yer yuzida kasalliklarning ko’payishiga olib kelmoqda. Kasalliklarni
oldini olishda va ulardan forig’ bo’lish uchun ota-boblarimiz dorivor o’t-
o’simliklardan ya’ni giyohli o`simliklardan foydalanganlar va bu omma orasida
tabobat deb nomlangan. Tabobat insoniyat bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Tibbiy
bilimlarning oshishi natijasida hozirgi vaqtda turli kimyoviy preparatlarning
yaratilishi, zamonaviy
uskunalarning ixtiro qilinishi, kasalliklarni davolash
jarayonining rivojiga sabab bo’lgan. Ammo tabobat ilmi hozirgi davrda ham o’z
ahamiyatini yo’qotmagan.
Bizga ma’lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlatilib
kelinayotgan dori vositalarining taxminan 50%i dorivor o‘simliklar xomashyosidan
tayyorlanadi. Birgina misol, yurak-qon tomir
kasalliklarini davolash va
profilaktikasida foydalanish uchun ishlab chiqariladigan preparatlarning eng ko’p
ulushi dorivor o’simliklarga to’g’ri keladi. Bugungi kunda dorivor o’simliklarni
izlab topish ularning xususiyatlarini o’rganish borasida ko‘plab tadqiqodlar amalga
oshirilmoqda. Shunga qaramasdan haligacha dorivor o’simliklar haqida to’laqonli
ma’lumotlar mavjud emas. Ushbu “Dorivor o’simliklar florasi va sitematikasi”
nomli o’quv qo‘llanmada shu kungacha e’lon qilinmagan ayrim tabiiy holda
o’suvchi dorivor o’simliklar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Bu o’quv qo’llanma “Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishash
texnologiyasi” yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash uchun xizmat qiladi.
Ilmiy adabiyotlarda dorivor o‘simliklarga bag’ishlangan maqolalar va
tezislar
chop qilinganiga qaramay, ushbu kurs bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun
6
haligacha “Dorivor o‘simliklarni sistematikasi” boyicha darslik va o’quv
qo’llanmalar etarli emas. Respublikamizning hududlarida tabiiy holda o‘suvchi
dorivor va oziq-ovqatbop, texnik o‘simliklarning zaxiralaridan oqilona
foydalanishda, ularning areallarini va tabiiy zaxiralarini o‘rganishda, o‘simlik
dunyosi ob`yektlari biologiyasi va anatomiyasini o‘rganishda,
yovvoyi holda
o‘suvchi dorivor o‘simliklarni o‘rganishga yordam beruvchi qo‘llanma va
kitoblarga ehtiyoj mavjud.
Mazkur
o’quv qo’llanmada dorivor o‘simliklarning sistematikasi,
morfologiyasi, ekologiyasi, floristik - kimyoviy tarkibi va geobatanikasi haqidagi
so’nggi ma’lumotlar keltirilgan. Yer yuzida uchrovchi
tabiiy va madaniy holda
o’suvchi bizga tanish yohud notanish o‘simliklar haqida ko‘plab ma’lumotlar
berilgan. Ushbu “Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi” nomli o‘quv
qo‘llanmada ayrim dorivor o’simliklar sistematikaga solib o‘rganilgan.
O’simliklarning hayotiy shakli, inson organizmiga ta’siri va har xil xastaliklarda
qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. O’quv qo‘llanmada nafaqat
o’simlik sistematikasi, biologiyasi balki yosh izlanuvchilar va talabalar
uchun har
bir o‘simlikning rasmlari bilan ham boyitilgan ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Bu
qo’llanmani o’qigan ham bir talaba dorivor o’simliklar to’g’risida o’zlariga kerak
bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’lishadi.
Bu o’quv qo’llanmada ayrim kamchiliklarning bo’lishi tabiiy xol. Shu
sababli
kitobxonlarning
fikr-mulohazalari
mualliflar
jamoasi
tomonidan
minnatdorchilik bilan qabul qilinadi va keying nashrlarda inobatga olinadi.