8
I modul. Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi
1-Mavzu. Kirish. Fan haqida tushuncha. Fanning tarixi, maqsadi va vazifalari
O‘z zamonasining yetuk ensiklopedist olimi Abu Rayhon Beruniyning (973-
1048) astronomiya, matematika, fizika, mineralogiya, geodeziya, geografiya
hamda tabiiy fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi nihoyatda ulkandir. Beruniy
yaratgan ilmiy asarlarining orasida eng muhimi va hajm jihatdan kattasi “Kitob as-
saydana fit tib” (Tibbiyotda farmakognoziyA. kitobi hisoblanadi. Bu asarda o‘sha
davrlarda sharq tabobatida qo‘llanilgan 674 ta dorivor o‘simliklar va 90 ta dorivor
o‘simlik mahsulotlari haqida ma’lumotlar mavjud. “Saydana”da tilga olingan
dorivor о‘simliklarni nomi 750 taga yetadi.
Sharq tabobatining yetuk namoyondalari, o‘z davrining mashhur shifokorlari
buxorolik Abu Ali Ibn Sino, xorazmlik Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-
Xorazmiy, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariya ar-Roziy, Abu Rayhon Muhammad
ibn Ahmad al-Beruniy, Arabmuhammadxon o‘g‘li Abdulg‘ozixon, Ismoil al-
Jurjoniylar va boshqalami butun dunyo taniydi. Ular o‘zlarining tabobat
faoliyatlarida dorivor o‘simliklardan turli kasalliklarni davolashda muvaffaqiyatli
foydalanganlar va bu haqida yozma ma’lumotlar ko‘rinishida boy meros
qoldirganlar.
Uzoq vaqtlar davomida butun dunyo xalqlarining asosiy dorivor vositalari
shifobaxsh o‘simliklar xomashyosi asosida tayyorlanib kelingan. Shifobaxsh
o‘simliklar zaharli emas yoki kam zaharli, eng asosiysi asorat qoldirmaydi, ular
tarkibida biologik faol moddalar ko‘p va inson organizmiga uzoq vaqt davolovchi
ta’sirini o‘tkazib turadi. XX asrda sintetik kimyo jadal rivojlandi, sintez yo‘li bilan
juda ko‘plab yangi, tez hamda kuchli ta’sir etuvchi dorivor moddalar yaratildi,
lekin ularni muntazam ravishda iste’mol qilish inson organizmi strukturasi va
hayotiy funksiyalarini buzilishiga olib kelishi ma’lum bo‘ldi. Sintez yo‘li bilan
yaratilgan dorilarning 25%i dorivor o‘simliklar moddalari bilan bog‘liqdir.
1899 yilda professor Varlix Rossiyada o‘sadigan dorivor o‘simliklar atlasini
va shu davrda rus olimi N. I. Annenkov botanika lug‘atini tuzdi. Bu kitoblar hozir
ham o‘z qimmatini saqlab kelmoqda. 1921 yilda dorivor o‘simliklarni yig‘ish va
ekish to‘g‘risida maxsus Dekret chiqdi. Dekret asosida yangi ilmiy tekshirish
muassasalari ochish, dorivor mahsulotlar sifatini aniqlab beruvchi qo‘llanmalar va
standartlar tuzish hamda mutaxassislar tayyorlash uchun darsliklar yaratish zarur
edi. Shu maqsadda 1931-yilda Butun ittifoq dorivor va xushbo‘y o‘simliklar ilmiy
tekshirish instituti ochildi.
1
V. Dushenkov, I. Raskin ma’lumotlariga qaraganda,
1
H. X. Xolmatov, O‘. A. Ahmedov, N. A. Musayeva
“Farmakognoziya va botanika asoslari “
tibbiyot kollejlari uchun darslik.
3- nashri “O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi,
TOSHKENT
— 2017.
9
200000 ga yaqin turli oddiy molekulyar moddalar faqat o‘simliklardan ajratib
olingandir. Shuning uchun ham keyingi o‘n yilliklarda shifobaxsh o‘simliklarga
qiziqish yana ortmoqda, chunki ular xomashyosi asosida tayyorlangan dorivor
vositalar - vitaminlar, biologik faol birikmalar va mineral moddalar inson
organizmiga juda samarali ta’sir etadi. 1981-yildan tibbiyot amaliyotiga tatbiq
etilgan 847 ta oddiy molekulyar dorivor preparatlarning 43 tasi tabiiy birikmalar,
232 tasi tabiiy birikmalarning hosilalari hisoblanadi. Qolgan 572 yangi dorivor
preparatlarning 262 tasi tabiiy birikmalar bilan bog‘liqligi mavjud.
Ma’lumki,
dunyo
miqyosida
farmatsevtika
korxonalarida
ishlatilib
ko‘rilayotgan dori vositalarining taxminan 50% i dorivor o‘simliklar
xomashyosidan tayyorlanmoqda. Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklarini davolash
va profilaktikasida foydalanish uchun dorivor preparatlarning 77%, jigar va
oshqozon-ichak kasalliklari profilaktikasi va davolashda foydalaniladigan dorivor
preparatlarning 74%, balg‘am ko‘chiruvchi dorilarning 73%, qon to‘xtatuvchi
dorilarning 60% dorivor o‘simliklar xomashyosi asosida ishlab chiqarilmoqda.
Hozirgi paytda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro tashkilotning
(FAO) ma’lumotlariga qaraganda, butun dunyoda 50000 dan ortiq dorivor
o‘simliklar
tibbiyotda
davolash
maqsadlarida
foydalaniladi.
Davolash
maqsadlarida mahalliy flora vakillaridan foydalanish janubiy-sharqiy Osiyo
mamlakatlarida yuqori, Hindistonda bu ko‘rsatkich 20% ni, Xitoyda 19% ni tashkil
etadi. Yaponiya, Germaniya va boshqa Yevropa davlatlari farmaseptika sanoatida
dorivor o‘simliklar xomashyosi asosida ishlab chiqarilgan preparatlar keng o‘rinni
egallaydilar.
O‘zbekiston hududida tabiiy holda 4500 turga yaqin yuksak o‘simliklar
tarqalgan, ularning 1200 ga yaqin turlari dorivorlik xususiyatlariga ega. Hozirgi
paytda Respublikamizda 112 turdagi dorivor o‘simliklar rasmiy tibbiyotda
foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lib, ularning 80% ni tabiiy holda o‘suvchi
o‘simliklar tashkil etadi Respublikamizning shifobaxsh o‘simliklar dunyosi,
ayniqsa, ularning daraxt va butasimon turlari xilma-xil va boy genofondga ega.
Ularni ilmiy o‘rganishda mashhur akademik A.P. Orexovning shogirdlari
akademiklar O.S. Sodiqov va S.Y. Yunusovlar katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.
O‘zbekiston Respublikasining dorivor o‘simliklarini o‘rganish, zaxirasini
aniqlash, o‘stirish, introduksiya qilish, xomashyosini tayyorlash, biokimyoviy
tarkibini o‘rganishda Q.Z. Zokirov, X.A. Abduazimov, P.X. Yo‘ldoshev, N.K.
Abubakirov, A.Y. Butkov, I.K. Komilov, K.X. Xojimatov, 1.1. Malsev, I.I.
Granitov, A.G Kunnukov, I.V. Belolipov, R.L. Xazanovich, M.B. Sultonov, F.S.
Sadriddinov, P.K. Zokirov, S.S. Sahobiddinov, X.X.Xolmatov, Y.M. Murdaxayev,
B. Yo.To‘xtayev va boshqalarning xizmatlari salmoqlidir. Ular tomonidan
o‘tkazilgan keng qirrali tadqiqotlar dorivor o‘simliklarni oziq-ovqat va
farmatsevtika sanoatida foydalanish imkoniyatlarini aniqlash, istiqbolli turlarni va
ularning qimmatli xo‘jalik belgilariga ega servitamin shakllarini madaniylashtirish,
10
ko‘paytirish va sanoat plantatsiyalarida o‘stirish, xomashyosini tayyorlash
usullarini ishlab chiqish imkoniyatlarini yaratdi. Dorivor o‘simliklarni har
tomonlama tadqiq etish Toshkent farmatsevtika instituti, O‘zR FA bioorganik
kimyo instituti, o‘simlik moddalari kimyosi instituti, o‘simlik va hayvonlar
genofondi institutlarida o‘tkazilmoqda.
Farmatsevtika sanoati va aholini dorivor o‘simlik xomashyosiga bo‘lgan
talabini qondirish va o‘simlik xomashyosi asosida zamonaviy dori-darmonlar
ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2013 yil 5-avgustdagi 222-sonli majlisi bayonining 3-bandida
ko‘rsatilgan “Dorivor o‘simlikshunoslik va yangi dori vositalarini ishlab chiqarish
korxonalarini tashkillashtirish uchun dorivor o‘simliklami sanoat miqyosida
plantatsiyalarini yaratish” va 2015 yil 20-yanvardagi № 5-sonli “2015-2017-
yillarda o‘rmon xo‘jaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va ozuqabop o‘simliklar
xomashyosini yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi majlis bayonnomasining 1.12 bandi ijrosini ta’minlash
bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga
qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid
chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 26-noyabrdagi PQ-4901-son qarori ijrosini
ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Xalq sog‘ligini saqlash,
kasalliklami oldini olish, yosh avlodni sog‘lom qilib tarbiyalab shakllantirishda
shifobaxsh o‘simliklar va ulardan tayyorlanadigan dorivor preparatlarning roli
beqiyosdir. Keyingi yillarda ko‘pchilik mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekiston
Respublikasida
ham
farmatsevtika
sanoatini
jadallik
bilan
rivojlanishi
kuzatilmoqda, shu sababli ham farmatsevtika korxonalarning dorivor o‘simliklar
xomashyosiga bo‘lgan talabni keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash
lozimki, tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxiralarining chegaralanganligi
tufayli kelgusida farmatsevtika unumli korxonalarning dorivor o‘simliklar
xomashyosiga bo‘lgan tobora o‘sib borayotgan talabini, asosan, dorivor
o‘simliklar yetishtirish orqaligina qondirish mumkin. Tabobatda ishlatiladigan
dorivor o‘simliklarning aksariyati asrlar davomida xalq orasida ishlatib kelgan
o‘simliklardan olingan. Qadim zamonlardan beri insoniyat o‘simliklarni
shifobaxsh vosita sifatida ishlatib keladi. Bizgacha saqlanib qolgan dorivor
o‘simliklar haqidagi qadimgi ma’lumotlar, asosan, yunon adabiyotlarida uchraydi.
Yunonlar o‘zlarida yetishtiriladigan dorivor o‘simlikdan tashqari Misr, Eron va
Osiyodagi boshqa mamlakatlardan keltirilgan dorivor mahsulotlardan ham
foydalanishgan. O‘zbekistonda dorivor o‘simliklardan ko‘proq anor, achchiqmiya,
bodom, dorivor gulxayri, yong‘oq, jag‘-jag‘, zubturum, isiriq, itsigak, omonqora,
pista daraxti, sachratqi, choyo‘t, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha,
qoqio‘t, zirk, na’matak va boshqalardan ko‘proq foydalanilgan. Achchiqmiyadan -
paxikamin, isiriqdan - garmin, itsigakdan - anabazin, omonqoradan - galantamin,
shildirboshdan - sferofizin alkoloidlari olinadi. Anor po‘stidan gijja haydovchi
11
pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulhayridan olingan preparatlari
balg‘am ko‘chiruvchi va yumshatuvchi, jag‘-jag‘ va lagoxilus dorilari qon ketishni
to‘xtatuvchi, davolovchi sifatida ishlatiladi.
Dorivor o‘simliklar ta’sir etuvchi moddalari tarkibiga qarab alkaloidli,
glikozidli,
efir
moyli,
vitaminli
o‘simliklarga ajratiladi. Farmakologik
ko‘rsatkichlariga qarab tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-
tomir tizimiga ta’sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini qo‘zg‘atuvchi, qon bosimini
pasaytiruvchi va boshqa dorivor o‘simliklar guruhlariga ajratiladi Respublikamizda
yil sayin dorivor o‘simliklar mahsulotiga ehtiyoj o‘sib borishi natijasida ularning
xomashyosini tayyorlash miqdori ham ko‘paymoqda. Bu esa o‘z navbatida qator
dorivor o‘simliklarning zahiralari ko‘p o‘sadigan joylarida kamayib ketishiga,
natijada ularning xomashyosining tayyorlanishini keskin chegaralanishi yoki
butunlay to‘xtatilishiga olib kelmoqda. Dorivor o‘simliklar zahiralaridan oqilona
foydalanishning yagona yo‘li ularni madaniylashtirish va sanoat plantatsiyalarida
yetishtirishni yo‘lga qo‘yishdir.
Dostları ilə paylaş: |