S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Tur. Seversov burmaqorasi
(Corydalis severzowii). G‘arbiy Tyan-Shan va 
Pomir-Oltoy tizmalarida, Janubiy Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, 
Shimoliy Tojikiston uchun endemik tur hisoblanadi. Balandligi 15 sm gacha 
bo‘lgan, ko‘p yillik o‘t o‘simlik.
Dorivorlik xususiyati:
Xalq tabobatida o‘simlik yer ustki qismlaridan olingan 
choy gipnoz qiluvchi, tinchlantiruvchi, shuningdek, oyoq-qo‘llar qaltirashi, 
gipertoniya, semirish, aqliy va ayol kasalliklari uchun ishlatiladi. O‘simlik 
damlamasi sirtga qo‘llasa ko‘karishlar, ekzema va yiringli yaralarni bartaraf etadi.
Seversov burmaqorasi
(Corydalis severzowii).
 


44 
Nazorat savollari. 
1.
 
Ko‘knorguldoshlar oilasiga xos xususiyatlar?
 
2.
 
Ko‘knorguldoshlar oilasining sistematikasi?
 
3.
O‘rmonqora (Glaucium Mill) turkumiga kiruvchi o‘simlik tibbiyotda qaysi 
kasalliklarni davolashda ishlatiladi? 
4.
Afyunli ko‘knor qaysi turkumga mansub o‘simlik?
5.
 
Shotaradoshlar oilasining sistematikasini ayting.
 
6.
Burmaqora turiga xos belgilar va dorivorlik xususiyatlari. 


45 
7-mavzu.Tutdoshlar (Moraceae) va Gazandadoshlar (Urticaceae) oilasi 
Tutdoshlar 
(Moraceae)
 
oilasi 60 ga yaqin avlodni va 1550 ta turi o‘z ichiga oladi. 
Oila vakillari daraxt, buta o‘simliklari bo‘lib, sut shirasiga boy bo‘ladi. O‘tsimon 
turlarida sut shirasi bo‘lmasligi mumkin. Barglari oddiy, butun, qirrali, o‘yilgan 
yoki qirqilgan, yon bargchali poyaga navbatlashib joylashgan. To‘pgullari barg 
qo‘ltigida o‘rnashgan. Gullari ayrim jinsli, bir yoki ikki uyli. Gulqo‘rg‘oni oddiy 
yashil rangda, gulkosasimon 4 ta bargchali. Changchilar soni gulkosachabarglar 
soniga teng. Mevasi to‘pmeva.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin