40
6-mavzu. Ko‘knordoshlar (Papaveraceae) va SHotaradoshlar(Fumariaceae)
oilasi
Ko‘knorguldoshlar oilasiga o‘tlar, ba’zan butalar,
kamdan-kam hollarda,
tartib
bilan
joylashgan,
ko‘pincha
chuqur
o‘yilgan bargli daraxtlar (tropik
mamlakatlardA. kiradi. Gullari yakka yoki shingilsimon to‘pgulga yig‘ilgan,
to‘g‘ri ba’zan qiyshiq bo‘lib,
ikki kosachabargi bor, g‘unchasi ochilayotganda
bular to‘kilib ketadi. Gultoji to‘rt yoki oltita gulbargdan tuzilgan. Changchisi
odatda ko‘p, ba’zan to‘rt yoki ikkita bo‘ladi. Urug‘chisi bitta bo‘lib,
ikkita yoki
ko‘p urug‘chi bargdan tuzilgan. Tugunchasi ustki, bir uyali. Mevasi ko‘sakcha yoki
yong‘oqcha. Tarkibida bo‘g‘imli sut naychalari
yoki sut hujayralari,
shuningdek
alkaloidlar bo‘lishi ko‘knordoshlar uchun xos xususiyatdir. Ko‘knordoshlar
oilasining, asosan shimoliy viloyatlarda tarqalgan 30 ga yaqin turkumi (600 turi)
bor. Ko‘knoridoshlarning eng ko‘p tarqalgan turkumlari: ko‘knori (Papaver),
qizg‘aldoq (RoemeriA., o‘rmonqora (Glaucium), burmaqora (Coridalis), shotaralar
(FumariA. dir.
Dostları ilə paylaş: