Yumshoq tikanli ayiqtovon - Ranunculus muricatus L.
Dorivorlik xususiyati: Poya va bargi o‘smalar va so‘gallarni davolashda
qo‘llaniladi.
Tur. O‘tkir mevali ayiqtovon - Ranunculus oxyspermus MB. Ko‘p yillik
o‘simlik. Poyasi ko‘p gulli, 20-35 sm, tepasida shoxlangan, quyuq oq tuklari
pastga egilgan. Ildiz oldi barglari bandli, plastinkasi tuxumsimon, asosi ponasimon
yoki yumaloq, o‘rtasigacha yoki undan chuqurroq uchta keng rombsimon yoki
uzunchoq rombsimon bo‘lakka bo‘lingan. Bo‘laklari parraksimon qirqilgan yoki
yumaloq tishchali. Poya barglari ancha ingichka, parraksimon va tishchali uchta
bo‘lakka bo‘lingan, poya tepasidagilari esa tekis qirrali uchta bo‘lakka bo‘lingan.
Guli 2-3 sm enlilikda. Kosachabarglari sarg‘ish-yashil, pastga egilgan, tukli, 6-8
mm uzunlikda. Tojbarglari cho‘ziq ellipssimon yoki cho‘ziq teskari tuxumsimon,
9-15 mm uzunlikda. Meva kallagi zich, uzunchoq yoki silindrsimon. Mevasi
gulo‘rniga zich o‘sib ketgan, 3-3,5 mm uzunlikda, tuxumsimon, yon tomonlarida
kichik bo‘rtmachali va ko‘pincha, siyrak tukli, tepasida to‘g‘ri, o‘tkirlashgan
tumshuqchasi bor. Aprel-may oylarida gullab, mevasi yetiladi. Ariq bo‘ylari, yo‘l
yoqalari, ekinzorlar atrofida, bog‘larda, daryo havzalarida, tekisliklar va tog‘ oldi
zonalarida o‘sadi. Dengiz sathidan 400-500 m gacha balandlikka ko‘tariladi.
Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi.
Umumiy tarqalishi: O‘rta Osiyo, Rossiya, Ukraina, Moldova, Kavkaz, Markaziy
Evropa, Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Eronda.
Kimyoviy tarkibi: γ-laktonlar: protoanemonin. Yer ustki organlarida γ-
laktonlar: 0,24 % protoanemonin mavjud.
Dorivorlik xususiyati: Barglarida ham karotin, C vitamini, alkaloidlar, saponinlar
kabi moddalar topilgan. Mevalar tarkibida yog‘li moy mavjud. Xalq tabobatida
tez-tez kichik dozalarda qo‘llaniladi, ko‘pincha gulidan turli xil teri kasalliklarida
ishlatilgan. O‘simlik qaynatmasi terining sil kasalligi, bosh og‘rig‘i va nevralogik
og‘riqlar, podagra va revmatizm kasalliklari uchun ham qo‘llaniladi. O‘simlik
37
gulini ko‘proq miqdorda iste’mol qilsangiz odam bir zumda zaharlanib, deyarli
omon qololmaydi.