S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Manjuriya yong‘og‘i -Juglans manshurica Maxim



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Manjuriya yong‘og‘i -Juglans manshurica Maxim 


52 
Dorivorlik xususiyati:
Bargi tarkibida har xil moddalar, jumladan, alkaloidlar, 
oshlovchi moddalar va efir moylari bor, ulardan tibbiyotda raxit kabi kasalliklami 
davolashda foydalaniladi
.
Qayindoshlar (Betulaceae) oilasi
Bu oilaning vakillari daraxt va buta 
o‘simliklaridir. Barglari oddiy tuzilgan, cheti yirik yoki mayda tishchali, patsimon 
tomirli yonbargchalari mayda, tez to‘kilib ketadi. Barglari navbat bilan joylashadi. 
Oilaning turlari ayrim jinsli, guli bir uyli. Urug‘chi va changchi gullari kuchalaga 
o‘xshash to‘pgul hosil qiladi. Kuchalasi tangacha qo’ltig‘ida joylashgan. Tangacha 
yonbargchalar bilan birga o‘sib ketgan gulyon bargchalardan iborat. Mevasi quruq 
yong‘oq shaklida. Oiladagi turkum turlarining mevasi morfologiyasiga ko‘ra bir-
biridan farq qiladi. Jumladan, qayin va qandag‘och turkumlariga mansub 
daraxtlarning mevasi mayda yong‘oqchadan iborat bo‘lib, pardasimon qanotchalari 
bor. Grab va o‘rmon yong‘og‘ining mevasi qanotchasiz bo‘lib, hidli. O‘rmon 
yong‘og‘ining mevasi birmuncha yirik, iste’mol qilinadi. Oila tarkibidagi Betula, 
Alnus, Carpinus, Corylus turkumlari, ayniqsa, diqqatga sazovor.
19
 
Sistematikasi 
Bo‘lim
. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki 
Angyospermae) - Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki 
Dicotyledones) - Магнолиевые или Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha)-
Temirdaraxtkabilar (Hamamelididae) - Гамамелисовые 
Qabila. Qayinnamolar (Corylales) 
- Берёзовые
 
Oila. 
Qayindoshlar (Betulaceae S.F.Gray) - Берёзовые
Turkum. 
Qayin (Betula L.) - Берёза 
Bu turkumning vakillari daraxt va buta o‘simliklardir. Ularning tanasi va 
shoxlarining po‘stlog‘i silliq, oq va jigarrangda bo’lib, yupqa po‘st tashlab turadi. 
Tanasining tubidagi po‘stlog‘i bo‘yiga ingichka yoriladi, rangi qorayadi. Kurtak va 
barglari navbat bilan joylashadi. Barglari oddiy tuzilgan bandli, tez to‘kiladigan 
yonbargchalari bor, kuzda to‘kilib ketadi. Barg plastinkasi butun, yumaloq va 
lanset shaklida, cheti tishchali, patsimon tomirli. Ular bir uyli, ayrim jinsli daraxt. 
Changchi gullari kuzda hosil bo‘ladi, ular silindrsimon kuchala bo’lib, shoxining 
uchida bittadan joylashadi. Qayin 40 yoshgacha yaxshi o‘sadi, so‘ng o‘sishi 
susayadi. U 100-120 yil yashaydi. Turkumning 100 dan ortiq turi bo‘lib, ularning 
ko‘pchiligi MDH da uchraydi. Ular tundra mintaqasidan dasht mintaqasigacha 
tarqalib, kata-katta o‘rmonzorlar hosil qiladi. Qayinning yog‘ochi qattiq bo‘lib, 
19
A.K. Qayimov, E.T. Berdiyev 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin