1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2
Ajdodcha (sinfcha)- Temirdaraxtkabilar (Hamamelididae)
- Гамамелисовые
Qabila. Yong‘oqnamolar (Juglandales) - Ореховые
Oila. Yong‘oqdoshlar (Juglandaceae A.Rich, ex Kunth) -Ореховые
Turkum. Yong‘oq (Juglans L.) -Орех
Bu turkumning vakillari katta daraxt bo’lib, tanasi yo‘g‘on, shox-shabbasi yoyiq.
Yon novdalari qirrali. Barglari yirik, toq patsimon bo’lib, spiral shaklida
joylashadi. Qo’ltiq kurtaklari 2-3 tadan qalin joylashadi. Barglari to‘kilgach,
o‘rnida yuraksimon iz qoladi. Bir uyli, ayrim jinsli o‘simlik. Barg yozish bilan bir
vaqtda gullaydi, shamol vositasida changlanadi. Kuzda vujudga kelgan
kuchalaning guldorpoyasi gullash vaqtida nihoyatda uzayadi va kuchala pastga
osilib qoladi. Urug‘chi guli siyrak shingilcha hosil qiladi va novdaning uchki
qismida joylashadi. Urug‘chi va changchi gullari turli muddatda ochiladi. Bu
hodisa odatda, dixogamiya deb ataladi. Gulqo‘rg‘onning tugunchasi va yon
barglari o‘zaro qo‘shilib o‘sishi natijasida tashqi yashil rangli et - po‘stloq hosil
bo‘ladi. Mevasi kuzda yetiladi, ayrim turlarida yetilganida po‘stlog‘i yorilib,
yong‘og‘i po‘stlog‘idan ajraladi. Yong‘og‘i ikki pallali, yog‘ochlangan qobiqli, bir
urug’i bo’lib, tarkibida moy va oqsil moddalar ko‘p.
Tur. Manjuriya yong‘og‘i (Juglans manshurica Maxim.) bo‘yi 25 m, diametri 90
sm li daraxt, po‘stlog‘i to‘q- kulrangda, bo‘yiga yorilgan, toq bargli, bo‘yi 1 m
bo‘lib, barglarining cheti tishchali va tukli. Barglari yirik-mayda, yong‘oqqa
nisbatan birmuncha kech barg yozadi. Urug‘chi gullari 3-10 tadan bo‘lib qalin
joylashadi va shingilcha hosil qiladi. Mevasi oval shaklda, o‘tkir uchli, qobig‘i
qalin. Mevasi yetilganda quriydi va har tomonga sochiladi, oval yoki yumaloq-oval
shaklda, qora qo‘ng‘ir rangda o‘tkir uchli, bo‘yiga ketgan 6-8 chiziqli va cho‘tir,
qobig‘i juda qattiq. Mag‘zi tarkibida 50% gacha moy bor, sifat jihatdan grek
yong‘og‘idan qolishmaydi. Manjuriya yong‘og‘i Uzoq Sharqda, Koreyada,
Shimoliy Xitoyda o‘rmonzorlarda, daryo qirg‘oqlarida tarqalgan. U tog‘lik
yerlarda dengiz sathidan 500-600 m gacha ko‘tariladi. Sovuqqa chidamli. Grek
yong‘og‘iga nisbatan soyasevar, unumdor hamda nam tuproqli yerlar uning o‘sishi
uchun qulay sharoit hisoblanadi, qurg‘oqchilikka chidamsiz. O‘z vatanida yog‘och
va meva olish uchun, MDH da esa xushmanzara daraxt sifatida ekiladi.
Yog‘ochidan faner va mebel ishlab chiqarishda foydalaniladi. Manjuriya yong‘og‘i
tog‘ qiyaliklarini yuvilib ketishdan saqlash maqsadida ekish uchun tavsiya qilinadi.