Qoya emani-Quercus petraea Liebl Dorivor xususiyatlari : Eman po‘stlog‘idan olingan modda burishtiruvchi va
antiseptik modda sifatida
og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida (gingivit, stomatit ) hamda
tomoq shilliq pardasining yallig‘lanishida, milkdan qon oqqanda hamda og‘izda
hid paydo bo‘lganda og‘iz chayish uchun ishlatiladi. Ba’zan 20 % li qaynatma
terining kuygan yerlarini davolashda qo‘llaniladi.
Yong‘oqdoshlar (Juglandaceae) oilasi Bu oilaning vakillari daraxt o‘simliklardir.
Ularning tanasi baland bo‘yli, sershox, keng shox-shabbali bo‘ladi. Barglari yirik,
toq patsimon murakkab tuzilgan bo‘lib, ma’lum bezchalaridan hidli efir moyi
chiqadi. Ular navbat bilan joylashadi, kuzda to‘kiladi, yon bargchalari yo‘q. Bular
bir uyli, ayrim jinsli o‘simlik, changchi gullari kuchala hosil qiladi. Kuchalalari
barglar qo‘ltig‘ida vujudga keladi. Urug‘chi gullari shingilchalar shaklida bo‘lib,
serbarg novdalar uchida bittadan yoki bir nechtadan joylashadi. Gulyon bargchalari
bor. Gulqo‘rg‘oni oddiy bo’lib, gulyon bargcha bilan qo‘shilib o‘sib, meva po‘stini
hosil qiladi. Mevasi danakli soxta meva. Mag‘zi burishgan, yirik urug‘pallali. U
urug’i endospermsiz. Yog‘ochi qattiq, chiroyli bo’lganidan undan turli buyumlar
ishlanadi. Ayrim turlarining mevasi, ya’ni yong‘og‘i iste’mol qilinadi. Oilaning 8
turkumi va 50 ga yaqin turi bor. Ular shimoliy yarim sharning mo‘tadil iqlimli
mintaqalarida tarqalgan.
Sistematikasi Bo‘lim . Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae) - Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные
Ajdod (sinf). Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki
Dicotyledones) - Магнолиевые или Двудольные