S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


- Магнолиевые или Двудольные  Ajdodcha (sinfcha)-



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

-
Магнолиевые или Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha)-
Temirdaraxtkabilar (Hamamelididae) 
-
Гамамелисовые 
Qabila
. Shamshodnamolar (Buxales)
-
Самшитовые 
Oila.
Emandoshlar (Fagaceae Dumort.) 
-
Буковые
Turkum
. Eman (Qilercus L.) 
-
Дуб
Bu qoraqayindoshlar oilasining asosiy turkumi bo’lib, 600 ga yaqin turi bor. 
Barcha turlari yirik daraxt bo’lib, shox-shabbasi yoyiq, ba’zan butalari ham 
uchraydi. Yosh daraxtining po‘stlog‘i silliq, to‘q kul rangda bo‘lib, so‘ng bo‘yiga 
yoriladi. Ayrim turlarining po‘stlog‘ida po‘kak qavatlar hosil bo‘ladi. Kurtaklari 
bandsiz, tangachalar bilan qoplangan bo‘lib, spiral shaklda joylashadi. Barglari 
ham oddiy, spiral shaklda joylashadi, ba’zi turlarida qish bo‘yi yashil holda 
saqlanadi, boshqalarida esa tez to‘kilib ketadi. Gullari ayrim jinsli, bir uyli daraxt. 
Barg to‘kadigan turlari barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi. Changchi gullari 
osilib turadigan kuchala hosil qiladi. Guli shamol vositasida changlanadi. Mevasi 
bir urug‘li yong‘oq bo‘lib, birinchi yoki ikkinchi yili yetiladi. Emanning yog‘ochi 
qattiq, og‘ir bo‘lib, ko‘p maqsadlarda ishlatiladi. Po‘stlog‘ida oshlovchi moddalar 
bo‘lib, ulardan teri oshlash sanoatida foydalaniladi. Yong‘og‘idan oziq-ovqat 
sanoatida sun’iy kofe tayyorlanadi. Eman turkumida 600 ga yaqin tur bo‘lib, ular 
shimoliy yarim sharning mo‘tadil va tropik iqlimli mintaqalarida, jumladan, 
Yevropada, Shimoliy Afrikada, Kichik Osiyoning markazida hamda sharqiy 
janubida, Amerikaning Shimoliy va Markaziy qismida tarqalgan. MDH da 20 turi 
uchraydi. Quyida ayrim muhim turlari ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Tur. Qoya emani-(Quercus petraea Liebl)
bo‘yi 40 (ba’zan 50) metrga 
yetadigan daraxt. Eman daraxtining shoxlari yorilmagan kumushrangli, tanasi esa 
yorilgan qo‘ng‘ir-kulrang tusli po‘stloq bilan qoplangan. Bargi patsimon bo‘lakli, 
umumiy ko‘rinishi cho‘ziq-teskari tuxumsi-mon bo‘lib, poyada qisqa bandi bilan 
ketma-ket joylashgan. Gullari bir uyli, bir jinsli, otalik gullari siyrak, ingichka 
kuchalaga to‘plangan. Gulqo‘rg‘oni 5-9 ta chiziqsimon-lansetsimon bo‘lakka 
qirqilgan, otaligi 5-10 ta. Onalik gullari 1-3 tadan bo‘lib, ularning gulqo‘rg‘oni 


50 
yaxshi taraqqiy etmagan, 6 bo‘lakli, onalik tuguni uch xonali, pastga joylashgan. 
Mevasi-gulqo‘rg‘onining qoldig‘iga joylashgan, uzun bandli cho‘ziq yong‘oqcha. 
Aprel-may oylarida (40—60 yoshdan boshlaB.gullaydi, mevasi sentabr-oktabrda 
pishadi. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin