59
Turkum.
Sho‘rak (Salsola L.) - Солянка .
Tur. Rixter cherkezi (Солянка Рихтера) - Salsola richteri Karelin.
Cherkez
Sho‘radoshlar-
Chenopodiaceae
oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 2-3 ba’zan 5 m
bo‘ladigan galofit buta yoki kichik daraxt. Yo‘g‘on shoxlarining po‘stlog‘i och
kulrang, yosh, bir yillik novdalariniki oq rangli bo‘ladi. Barglari silindrsimon yoki
ipsimon, tukli, sersuv bo‘lib, poyasi bilan shoxlarida ketma-ket o‘rnashgan. May
oylarida barglari sarg‘ayib to‘kila boshlaydi va kuzga kelib o‘simlikning
barglari
qolmaydi. Qo‘ng‘ir rangli, besh bo‘lakli barg qo‘ltig‘ida joylashgan gullari poyasi
bilan shoxlari uchida boshoqsimon gul to‘plamini hosil qiladi.
Mevasi
gulqo‘rg‘oni bilan birlashgan bir urug‘li yong‘oqcha.
Cherkez may oyining
oxiridan boshlab noyabrgacha gullaydi, mevasi iyuldan pisha boshlaydi. Markaziy
Osiyoning Qizilqum va Qoraqum cho‘llarida, ko‘chma
qumlar harakatini
to‘xtatishda muhim ahamiyatga ega, temiryo‘l yoqalarida ko‘plab o‘stiriladi.
Dorivorlik xususiyati:
Cherkezning mevasi tibbiyotda ishlatiladi. Sentabr-noyabr
oylarida, mevalarning asosiy qismi qizarganda ularni o‘simlikdan sidirib (brezent
qo‘lqop yordamidA. olinadi, tozalanadi va ochiq havoda quritiladi.
Mevalari
tarkibida 1,6% gacha (salsolin, salsolidin va hokazo) alkaloidlar bor. Salsolin
alkaloidining gidroxlorid tuzi tabletka va eritma holida qon bosimi oshganda, bosh
og‘riganda qo‘llanilgan. Xalq tabobatida cherkez og‘riq
qoldiruvchi,
gijja
haydovchi dori sifatida va yurak kasalliklarini davolash uchun qo`llaniladi. Yer
ustki qismi damlamasi qon bosimini pasaytirish va bosh og‘rig‘ini
qoldirish
maqsadida bemorlarga ichishga beriladi.
Dostları ilə paylaş: