S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Turkum.  Qovun (Melo Hill.) - Дыня  Tur. Itqovun ( Melo. agrestis)



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Turkum. 
Qovun (Melo Hill.) - Дыня 
Tur. Itqovun ( Melo. agrestis)
yovvoyi, begona o‘tlar jumlasiga kiradi. Bir
yillik o‘simlik bo‘lib, palagi boshqa o‘simliklarga chirmashib o‘sadi. Mevasi
olxo‘ridek mayda qovun bo’lib, hidsiz, taxir yoki nordon mazali bo‘ladi.
Markaziy Osiyo Eron va Afg‘onistonda uchraydi. Poliz sabzovot, tokzor va
paxtazorlarda begona o ‘t sifatida o‘sadi. Poliz ekinlarida madaniy nav qovun 
tarvuzlar bilan chatishib ularning nav sifatini buzadi. 
Itqovun - Melo agrestis
Dorivorlik xususiyati:
Oddiy eshakbodring qovoqdoshlar oilasiga mansub, 
poyasining uzunligi 20-50 sm ga etadigan, palak otib o‘sadigan bir yillik o‘t. 
Tibbiyotda yer ustki qismi va mevasi ishlatiladi. Tarkibida glikozidlar (elateritsin 
A, V va boshqalar), alfa va beta-elatrinlar, vitaminlar, oz miqdorda alkaloidlar va 
boshqa moddalar bor. Xalq tabobatida mevasi istiqo, chaqaloqlarning 
sarg‘aymasida, o‘zgaruvchan isitma, bod, podagra, nevralgiya, bavosil va boshqa 
kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Kuchli surgi, gijja va siydik haydovchi vosita 
sifatida qo‘llaniladi. O‘simlikning surgi, shuningdek, rakka qarshi ta’sir ko‘rsatishi 
uning tarkibida elaterinlar bo‘lishiga bog‘liq. Lekin u zaharli bo‘lib, ko‘p miqdorda 
iste’mol qilinsa, qustiradi, qorin og‘ritadi va yurak urishini tezlatadi. 
Turkum. 
Bodring (Cucumis L.) - Огурец 
Bularning 30 ta turi bo‘lib, 1-yillik o‘simliklar hisoblanadi. Mevasi cho‘zinchoq 
va har xil yirik -maydalikda bo‘ladi. Afrika va Janubiy Osiyoda tarqalgan.
Vatani Shimoliy sharqiy Hindiston boiib hisoblanadi. Yovvoyi holda o‘sadigan


82 
bodring turi uchramaydi. U uzoq yillardan buyon ekib kelinadi. MDH 
hududida keng tarqalgan. 
Ekma bodring- Cucumis sativus L 
Tur. Ekma bodring
- Cucumis sativus L. Bodring - bu qovoq oilasiga mansub bir 
yillik o‘simlik. Uzunligi 2,5 m gacha yetadigan palak otuvchi o‘simlik. Barglari 
poyada navbatma-navbat, joylashgan, 3-5 ga bo‘lingan, kamdan-kam hollarda 
butun. Bir jinsli sariq gullar, yakka barglar qo‘ltig‘ida joylashgan. Meva 
cho‘zinchoq, ko‘p urug‘li, suvli qovoqmeva. Aprel-avgust oylarida gullaydi, may-
sentyabrda meva beradi. Ekma bodring O‘zbekistonning barcha hududlarida keng 
tarqalgan.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin