92
Turkum:
Gulxayri (Althaea L.) - Алтеа
Tur. Dorivor gulxayri (Althaea officinalis L
) gulxayridoshlar oilasiga kiradi.
Gulxayri ko‘p yillik, bo‘yi 150-160 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik .
Ildizpoyasi
kalta, poyasi bitta yoki bir nechta, tik o‘suvchi, silindrsimon,
kam shoxli, pastki
qismi yog‘ochlangan. Bargi oddiy, bandi bilan poyada ketma-ket o‘rnashgan.
Gullari poya va shoxlari uchida barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Mevasi —quruq meva.
Iyun
oyidan sentabrgacha gullaydi, mevasi iyuldan boshlab yetiladi. Bu tur
Kavkaz, G‘arbiy Sibir, Qozog‘iston hamda O‘rta Osiyoda uchraydi. Ukrainada
o‘stiriladi.
Dorivor gulxayri - Althaea officinalis L
Dorivorlik xususiyati
: Bu o‘simlik ildizidan mukaltin faol moddasi olinadi.
Gulhayri ildizlari yallig‘lanishga qarshi, nafas olish yo‘llari
kasalliklari,
bodomsimon bezlar va yumshoq tanglayning yallig‘lanishi, traxeit xastaliklari
uchun ham ishlatiladi.Gulxayri gullari buyrak va siydik pufagi kasalliklarida
ishlatiladi. U ko‘plab xalqlarning xalq tabobatida tashqi (loson,
yuvish -
yallig‘lanish, shish, kuyish,) va ichki vosita sifatida (yo‘tal, zaharlanish va
boshqalar) keng qo‘llaniladi.
Nazorat savollari.
1.Karamdoshlar oilasi vakillarining tur tarkibi qanday ?
2.Qurttana qaysi oilaga mansub?
3. Arabis qayerda uchraydi va uning tuzilishi qanday ?
93
4. Jag‘-jag‘ qaysi oilaga kiradi va tibbiyotda qanday kasalliklarda ishlatiladi
5. Gulhayridoshlar oilasi vakillarini aytib o‘ting
6. Dorivor gulhayri qanday ahamiyatga ega?
7. Tibbiyotda chitrong‘ining necha turidan foydalaniladi ?
8. Dorivor tugmachagulga tavsif bering.
Dostları ilə paylaş: