94
12-mavzu. Ra’nodoshlar (Rosaceae) oilasi
Ra’nodoshlar (Rosaceae) oilasi
. Bu oila 100 ga yaqin turkumga kiruvchi 3000 ta
dan ziyod turni birlashtiradi. Ular Yer yuzida keng tarqalgan.
Hayotiy shakliga
ko‘ra ularga o‘tlar, yarimbutalar, butalar va daraxtlar kiradi.
Barglari ketma-ket
o‘rnashgan, oddiy yoki murakkab, yonbargchali. To‘pgullari har xil.
Gullari
to‘g‘ri, ikki jinsli, asosan murakkab gulqo‘rg‘onli, gulqo‘rg‘on bo‘laklari 5
tadan
(ba’zan 4-6 tadan). Gultojibarglari tutashmagan, changchilarining
soni turlicha,
odatda ko‘p bo‘ladi. Gulo‘rni yassi, likopchasimon yoki bo‘rtgan, ba’zan mevasiga
qo‘shilib o‘sib, soxta meva hosil qiladi. Urug‘chisi bitta yoki bir nechta
mevabargdan iborat.
Tugunchasi ustki, yarim ostki yoki ostki. O‘rta Osiyoda
oilaning 32 ta turkumga mansub 266 ta turi, O‘zbekistonda 11 ta turkumga oid 96
ta turi o‘sadi. Oila generativ va vegetativ a’zolarining belgilariga ko‘ra 7 ta
oilachaga bo‘linadi. Bular orasida O‘zbekistonda vakillari keng tarqalgan
1.
Tobulg‘idoshchalar (
Spiraeoideae
),
2.
Ra’nodoshchalar (
Rosaideae
),
3.
Olmadoshchalar
(
Maloideae-Pomoideae
)
va
4.
Olxo‘ridoshchalar
(
Prunoideae
) oilachalari bor
Sistematikasi
Bo‘lim
. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o ‘simlikIar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae)
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki
Dicotyledones) -
Магнолиевые или
Dostları ilə paylaş: