101
qismidagilari) uch plastinkali murakkab, barg bo‘lakchalari
tuxumsimon, pastki
tomoni tukli, mitekis, arrasimon qirrali bo‘lib, uzun bandi yordamida poyasiga
kctma-ket o‘rnashgan. Mayda, ko‘rimsiz, yashil oq rangli gullari qalqonsimon
rovakka to‘plangan.
Mevasi - qizil rangli, sharsimon yoki konussimon, danakli,
murakkab to‘pmeva. Malina may oyida gullaydi, mevasi iyunda pishadi. Malina
Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sibir o‘rmonlarida, o‘rmon chetlarida, jarlarda,
tog‘larda, ariq bo‘ylarida, o‘rmon ostida, bulalar orasida
va boshqa nam yerlarda
o‘sadi. Malina dorivor va rezavor mevali buta sifatida ko‘p miqdorda o‘stiriladi.
Dorivorlik xususiyati
. Mevasi tibbiyotda ishlatiladi. Uni to‘liq pishgan vaqtida
qo‘lda ehtiyotlikbilan terib olinadi, quyoshda so‘litib, so‘ngra quruq va issiq joyda
yoki quritgichlarda quritiladi yoki murabbo qilib qo‘yish mumkin. Mevasi
ko‘pincha quritmasdan ham ishlatiladi. Ho‘l mevasidan
sharbat va meva shirasi
tayyorlanadi. Meva tarkibida organik (2,2% gacha olma, limon, salitsil, vino va
boshqa kislotalar), 10%
gacha qand, kaliy tuzlari, 45 mg% gacha C, B va PP
vitaminlari, karotin, pektin, oshlovchi va boshqa biologik faol moddalar bor. Dori
preparatlari meva damlamasi, sharbati va mevasi terlatuvchi choylar-yig‘malar
tarkibida turli shamollash kasalliklarida terlatuvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Yangi terilgan va quritilgan meva damlamasi xalq
tabobatida ishtaha ochuvchi,
ovqat hazmini yaxshilovchi, terlatuvchi, o‘pka va nafas yo‘llari shamollaganda
balg‘am ko‘chiruvchi, isitma ko‘tarilganda haroratni pasaytiruvchi hamda me’da,
ichak kasal1iklariga dori sifatida qo‘llaniladi. Malina
bargidan tayyorlangan
damlama va qaynatma ich ketishni davolash, yo‘tal va anginada tomoqni chayish
uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: