100
Zangori maymunjon-
Rubus caesius L
Dorivorlik xususiyati
. Xalq tabobatida maymunjonning yetilib pishgan mevasi,
bargi va ildizi ishlatiladi. Mevasi pishganda yig‘iladi va quritmasdan yoki ofobda
quritib ishlatiladi. Barglari o‘simlik gullashi davrida
teriladi va soya yerda
quritiladi. lldizini kech kuzda yoki erta bahorda kovlab olinadi, suvda yuvib,
tuproq va loydan tozalanadi, mayda bo‘lakchalarga qirqib, ochiq havoda quritiladi.
Zangori maymunjon bargi tarkibida 80-271 mg%
S vitamini, organik kislotalar,
karotin, qand, oshlovchi moddalar, mevasida - 6,35-7,46% qand, 2,2%
organik
kislotalar, 15 mg% S vitamini, karotin, antotsianlar va boshqa biologik faol
moddalar bor Bargining damlamasi xalq tabobatida
shamollash kasalliklarida
terlatuvchi vosita sifatida, tomoq og‘riganda og‘izni chayish uchun qo‘llaniladi.
Mevasi terlatuvchi, isitma ko‘tarilganda haroratni
pasaytiruvchi va chanqoqni
qoldiruvchi, ishtaha ochuvchi dorisifatida ishlatiladi. Ildizidan tayyorlangan
qaynatmasi milk kasallanganda og‘iz chayish uchun hamda siydik haydovchi dori
sifatida qo‘llaniladi. Maymunjonning yangi uzib olingan bargini ezib temiratkiga,
surunkali va yiringli yaralarga bog‘lansa davo bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: