104
yetadigan daraxt. Yosh novdalari tukli, yashil-sarg‘ish rangli po‘stloq
bilan
qoplangan. Barglari toq patli murakkab, 5-7 juft cho‘ziq ellipssimon, cho‘ziq
tuxumsimon,
yoki keng nishtarsimon, o‘tkir uchli bargchalardan tashkil topgan
bo‘lib, qisqabandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket o‘rnashgan. Sariq
rangli, bcsh bo‘lakli gullari ro‘vaksimon gulto‘plamni hosil qiladi. Mevasi - qisqa
bandli, tuk qo‘ng‘ir-qora rangli dukkak hisoblanadi.
Sofora iyun-iyul oylarida
gullaydi, mevasi avgust-sentabrda etiladi. Soforaning vatani Xitoy va Yaponiya
hisoblanadi, MDHning janubiy mintaqalariga va Markaziy Osiyoga introduksiya
qilingan va manzarali va dorivor daraxt sifatida o‘stiriladi.
Dorivorlik xususiyati
. Tibbiyotda saforaning qo‘llaniladigan qismi guli
(g‘unchasi) va mevasi hisoblanadi. Gullari ochilishidan oldin yig‘iladi va soya
yerda quritiladi. So‘ngra undan rutin olish uchun
farmatsevtika zavodlariga
yuboriladi. Mevasi kuzda yetilgan vaqtda yig‘ib olinadi va ochiq havoda quritiladi.
Guli va mevasi tarkibida flavonoidlar (rutin, kversetin, kempferol, genistein va
ularning glikozidlari), S vitamini, bo‘yovchi va boshqa biologik faol moddalar bor.
Asosiy flavonoidi boigan rutin sofora guli g‘unchasida 0,3-44% gacha bo‘ladi.
Undan yana kversetin olinadi. Sofora meva nastoykasi
trofik yaralami hamda
kuygan joyni davolash uchun qo‘llaniladi. Rutin va kversetin R vitamini ta’siriga
ega bo‘lib, tabletka holida shu vitamin yetishmasligida - gipo va avitaminoz, qon
tomirlar devori o‘tazuvchanligining buzilishidan kelib chiqqan kasalliklar,
gemorragik diatez, ko‘z
pardasiga qon quyilishi, kapillyar toksikoz, nur kasalligi,
qon bosimining oshishi (gipertoniyA., bod, qizamiq
va boshqa kasalliklarni
davolash
hamda
oldini
olish
uchun
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: