106
paxmoqtukli. Poyasi, bargi hamda mevasi tuk
va mayda bezakchalar bilan
qoplangan. Iyun—sentabr oylarida gul1ab urugʻlaydi.
Oqquray -Psoralea pinnata L
Dorivorlik xususiyati
. Ildizi va mevasida furokumarinlar (psoralen, izopsoralen
va boshqalar), mevasida efir moyi va boshqa mavjud.
Ildizi va mevasidan
olinadigan psoralen preparati pes kasalligi (vitiligo)ni davolashda ishlatiladi. Togʻ
yon bagʻirlarida, baxrrikor yerlarda begona oʻt sifatida oʻsadi. Choʻl va adir
mintaqalariga keng tarqalgan
Turkum.
Sano (Cassia L.) — Кассия
Tur. Sano
(
Cassia) makkai sano, senna
- dukkakdoshlar oilasiga mansub koʻp
yillik oʻt, buta yoki kichik daraxtlar turkumi. Poyasi shoxlangan, pastki qismidagi
shoxlari yerga tegib usadi. Bargi murakkab,
juft patsimon, 5—10 juft ingichka
bargchali: guli oq yoki qizgʻish, toʻpguli shingilsimon. Changchisi 10 ta, shundan
3 tasi koʻpincha reduksiyalangan. Asosan, tropik va subtropiklarda (ayniqsa,
AmerikadA. oʻsadigan 500—600 turi bor.