108
Turkum.
Yantoq (Alhagi GagneB.- Янтак, верблюжья колючка
Tur. Yantoq dukkakdoshlar oilasiga mansub, bo‘yi 30-130 sm ga etadigan tikanli
ko‘p yillik o‘simliklar turkumi.
Mamlakatimizdagi tekisliklarda, soy, kanal va
daryo bo‘ylarida, cho‘llarda o‘sadi. Xalq tabobatida quyidagi to‘rtta turining yer
ustki qismi va ildizi ishlatiladi. Qirg‘iz yantog‘i,
Soxta yantoq, SHakar yantoq,
Siyrak barg yantoq turlari mavjud. Ularning yer ustki qismi tarkibida saponinlar,
ursol kislota, flavonoidlar (rutin, kversimeritrin va boshqalar), kumarinlar, efir
moyi, C, B,
K vitaminlari, karotin, organik kislotalar, qandlar, alkaloidlar, shilliq,
oshlovchi va boshqa moddalar bor. Shakar yantoq avgust-sentyabr oylarida o‘zidan
shirin suyuqlik chiqaradi. 2-3 kundan so‘ng bu suyuqlik qotib, qand zarrachasiga -
mannaga aylanadi. Manna tarkibida ko‘p miqdorda trisaxarid va boshqa birikmalar
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: