Dorivorlik xususiyati . Ildizining qaynatmasi va ba’zan, damlamasi xalq
tabobatida ichburug‘, bavosil, me’da yarasi, jigar va boshqa kasalliklarni, yaralarni
dvolash uchun hamda o‘t va siydik haydovchi, terlatuvchi va surgi dori sifatida
qo‘llaniladi. Yer ustki qismidan tayyorlangan damlamasi yuqorida ko‘rsatilgan
kasalliklardan tashqari, yana tomoq og‘rig‘i, tonzillit, stomatit, yiringli otit
(quloqning yiringli yallig‘lanishi), burun-tomoq yallig‘lanishi, bachadon yarasi va
burushtiruvchi vosita sifatida ichketar, me’da-ichak kasalliklarini davolashda
ishlatiladi. Shakar yantoq mannasi yosh bolalarga surgi sifatida beriladi, lekin
chechak bilan kasallangan bolalarga manna berib bo‘lmaydi. Ildiz va yer ustki
qismining qaynatmasi, suyuq ekstrakti va damlamasi siydik haydash, terlatuvchi,
qon oqishini to‘xtatuvchi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi va yaralarni
davolovchi xossalarga ega ekanligi tajribalarda tasdiqlangan va ilmiy tibbiyotda
ishlatishga tavsiya etilgan.
Turkum. Astragal (Astragalus L.=Tragacantha Mill.) -Астрагал
Tur . Astragal dukkakdoshlar oilasiga mansub, bir yoki ko‘p yillik o‘t hamda
butalar. Tibbiyotda quyidagi turlari ishlatiladi: Paxmoq shoxli astragal - poyasi va
shoxlaridan elim (kameD. olinadi. Elimi tabletka, habdori, emulsiya va boshqa dori
shakllari tayyorlashda arab yelimi (gummiarabik) o‘rnida ishlatiladi. O‘roqsimon
mevali astragal bo‘yi 40-100 sm gacha etadigan ko‘p yillik o‘t.
Dorivorlik xususiyati Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida flavonoidlar
(robinin va boshqalar), kumarinlar, triterpenoidlar, fenolkarbon kislotalar va
boshqa moddalar bor. Yer ustki qismidan flaronin preparati (asosan robinindan
tashkil topgan) olinadi. Bu preparat buyrak kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.
Sertuk gulli astragal Ukraina cho‘llarida o‘sadi. Tibbiyotda uning yer ustki qismi
ishlatiladi. Tarkibida glitsirrizin va triterpen saponinlar, flavonoidlar va boshqa
109
moddalar bor. Damlamasi yurak-tomir tizimi, gipertoniya va nefrit kasalliklarini
davolashda qo‘llaniladi.