S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


-mavzu. Ziradoshlar (Apiaceae), CHilonjiydadoshlar (Rhamnaceae) va



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

15-mavzu. Ziradoshlar (Apiaceae), CHilonjiydadoshlar (Rhamnaceae) va 
Jiydadoshlar (Elaeagnaceae) oilasi 
Ziradoshlar oilasi 300 avlod va 3000 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Vakillari bir, 
ikki yillik o‘tsimon, chala buta va buta o‘simliklaribo‘lib, yer yuzining hamma 
joyida uchraydi. Odatda, poyalariningbo‘g‘im oraliqtari kovak bo‘ladi. 3-5 m 
gacha o‘sgan poyalarida mexanik to‘qima va simola yo‘llari yaxshi rivojlangan 
bo‘ladi.Barglari oddiy, barg yaproqlari patsimon chuqur kesilgan. Barg bandining 
asosi kengayib barg qinini hosil qiladi. Yon bargchalaribo‘lmaydi. Gullari oddiy va 
murakkab to‘pgullarni hosil qiladi. Ko‘pchilik vakillarida murakkab soyabon va 
boshcha. Soyabon va soyabonchalarning tagida to‘pgulni o‘rab olgan bargchalari 
bo‘ladi. Ba’zi vakillarida bo‘lmasligi ham mumkin. Gullari bir va ikki jinsli. Bir 
yoki ikki uyli o‘simliklardir. Gullari aktinomorf yoki biroz zigomorf. 
Gulkosachabargchalari mayda tishsimon, 5 ta. Gultojibarglari 5 ta, erkin o‘sgan. 
Changchilari ham 5 ta. Urug‘chisi bitta, 2 ta meva bargchasining birikib o‘sishidan 
hosil bo‘lgan.Tugunchasi ostki. Tugunchasining ustida aylanasimon nektar bezlari 
bo‘ladi. Mevasi qo‘sh-ikkita quruq osilma pistacha meva. Bu oilaning ko‘pgina 
vakillari asal beruvchi va sabzavot ekinlari bo‘lib hisoblanadi. Tabobatda dori olish 
uchun foydalaniladi. Ayrim vakillari manzarali o‘simlik sifatida ekib o‘stiriladi. 
Ba’zi turlarida efir moyi, alkaloidlar va smolalar bo‘ladi. Begona o‘t sifatida zarar 
keltiradigan va zaharli turlari ham bor.
Sistematikasi 
Bo‘lim.
Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o ‘simlikIar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae)
 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar)
 
(Magnoliopsida yoki
Dicotyledones) - Магнолиевые или
 
Двудольные 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin