114
aktinomorf yoki deyarli aktinomorf. Kosachabarglari sal tutashgan. Chanchisi
ko‘pincha 1 yoki 2 doirada, ba’zan 3 yoki 4 doirada joylashgan. Tugunchasi ustki.
Mevalari asosan ko‘sakcha. Zig‘irnamolar qabilasiga 6 ta oila kiradi. Zig‘irdoshlar
oilasi — Linaceae Bu oilaga asosan o‘t o‘simliklar, yarimbuta va butalar kiradi.
Ular ayniqsa, mo‘tadil va subtropik iqlimli hududlarda tarqalgan.
Barglari oddiy,
bandsiz, navbat bilan yoki qarama-qarshi joylashgan,
yonbargchali yoki
yonbargchasiz. Gullari ikki jinsli, aktinomorf. Kosacha va gultojibarglari (4)-5 ta.
Urug‘chisi 5 tadan. Tugunchasi ustki. Mevasi ko‘sakcha. Bu oilaga 6
turkum va
250 taga yaqin tur kiradi. O‘rta Osiyoda 1 turkumga oid 9 turi, O‘zbekistonda esa
bitta turkumga mansub 5 turi tarqalgan. Pistacia vera ning mevali shoxchasi.
Dostları ilə paylaş: