S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


(Magnoliopsida yoki Dicotyledones) - Магнолиевые или



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

 
(Magnoliopsida yoki
Dicotyledones) - Магнолиевые или
 
Двудольные
 
Ajdodcha (sinfcha). 
Ra’nokabilar (Rosoidae) - Розоцветные 
Qabila. 
Pistanamolar (Burserales) - Сумаховые
Oila. 
Pistadoshlar (A nacardiaceae Lindl.) -Сумаховые
Turkum. 
Pista (Pistacia L.) - Фисташка 
Tur. Pista
(xandon pistA. – pistadoshlar oilasiga mansub buta yoki daraxtlar 
turkumi, yongʻoqmevali daraxt. 300 yilgacha yashaydi. 20 dan ortiq turi bor. 
Janubiy Yevropa, Gʻarbiy, Oʻrta va Sharqiy Osiyoda, Shimoliy, Sharqiy Afrika va 
Markaziy Amerikada oʻsadi. Oʻrta Osiyoda yovvoyi holda oʻsadigan chin pista va 
toʻmtoq bargli pista turlari bor.Boʻyi 2,5-10 m, shox-shabbasi tarqoq, 10-12 m 
kenglikda. Pista ikki uyli oʻsimlik, –40°C sovuqqa chidaydi. Aprel-may boshlarida 
dastlab erkak, soʻngra urgʻochi daraxtlari gullaydi, guli murakkab roʻvaksimon 
toʻpguldan iborat, shamol yordamida changalanadi. Mevasi bir urugʻli danak 
(pistA.. Pistasi avgust-sentabr oylarida pishadi. Qobigʻi yupqa, qattiq, yetilganda 
baʼzan uchidan yoriladi. Magʻzi yashil, mazali, tarkibida 63% gacha moy, 22% 
oqsil, 7% gacha uglevodlar, A provitamini bor.
Dorivorlik xususiyati

Xandon pistadan taxikardiya, yurak yetishmovchiligi, sil 
kasalligi, yo‘tal va bronxit, oshqozon-ichak trakti yaralari, anemiya kabi 
xastaliklarda qo‘llaniladi. 
Turkum. 
Sirka daraxti (Rhus L.) Сумах 


113 
Tur. Oshlovchi totim (Сумах дубильный) - 
Rhus coriaria L. 
Totim 
pistadoshlar - 
Anacardiaceae 
oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 1-3 m bo‘ladigan buta 
yoki kichik daraxt. Totim yovvoyi holda O‘zbckistonning janubida To‘polang va 
Sangardak daryolari havzasida o‘sadi. Barglari toqpatsimon murakkab, 4-8 juft 
cho‘ziq-tuxumsimon yoki nishtarsimon, yirik arrasimon qirrali barglardan tashkil 
topgan bo‘lib, bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket o‘mashgan. Bir 
jinsli, mayda, ko‘rimsiz, besh bo‘lakli, yashil-oq rangli gullari ayrim-ayrim 
(changchi va urug‘chi) holda ro‘vaksimon gulto‘plamiga joylashgan. Mevasi - qizil 
rangli, sharsimon yoki buyraksimon, mayda, quruq, danakli meva. Totim iyun - 
iyul oylarida gullaydi, mevasi sentabr-oktabrda yetiladi. Totim Kavkaz, Qrim, 
Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistonning quruq, toshloq va ohakli tog‘ 
qiyaliklarida, dengiz sathidan 900-1700 m balandliklardagi tog‘ qiyaliklarida, 
ba’zan o ‘rmonlarda va o‘rmon chekkalarida o‘sadi. Totimning bargi xalq 
tabobatida ishlatiladi. O‘simlik gullashi oldidan to mevalari pishgunga qadar 
barglari yig‘iladi va ochiq havoda quritiladi. So‘ngra tanin olish uchun 
farmatsevtika zavodlariga yuboriladi. Totim bargi tarkibida 25-33% oshlovchi 
moddalar (10-20,9% tanin), 4,8% gacha gallat kislotasi, flavonoidlar (avikulyarin, 
astragalin, miritsitrin), efir moyi, 112 mg% S vitamini, bo‘yoq va boshqa moddalar 
bor. Totim bargi tanin olish manbasi hisoblanadi. Tanin burishtiruvchi, antiseptik 
va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Shuning uchun uning preparatlari (tanalbin 
va tansal tabletka holidA. me’da-ichak kasalliklarini (me’da-ichak katari, enterit, 
kolit, ich ketish) davolashda ishlatiladi. Tanin og‘iz bo‘shlig‘i, burun va tomoqning 
yallig‘lanishidachayish (1-2% li eritmasi) yoki shilliq qavatlarga sinlish (taninning 
5-10% li erilmasi), kuyganni, turli yaralarni davolashda hamda ichak 
yallig‘lanishida qo‘llaniladi. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin