S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

 
O‘simlik
 
Ukraina, Boltiqbo‘yi davlatlari
Rossiyaning Yevropa qismida, G‘arbiy Sibirning janubiy tumanlarida o‘rmon va 
o‘rmon-cho‘l zonalarida tarqalgan. 


121 
Dorivorlik xususiyati
. Frangula po‘stlog‘ining preparatlari surgi dori
 
sifatida 
ishlatiladi. Yangi yig‘ilgan, bir yil saqlanmagan po‘stloq ishlatilsa qus-tiruvchi
ko‘ngil aynituvchi va me’da-ichakni og‘rituvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun 
tibbiyotda bir yil saqlangan yoki 100°C da bir soat qizdirilgan po‘stloq ishlatiladi. 
Bunday po‘stloq qustiruvchi va ko‘ngil aynituvchi hamda me’da va ichakni 
og‘rituvchi ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Jiydadoshlar (elaeagnaceae) oilasi. Bu 3 ta turkumga mansub, 50 ta to‘rni o‘z 
ichiga oladi. O‘zbekistonda 2 ta turkumga oid 4 ta turi o‘sadi. Ular Shimoliy Yarim 
sharning subtropik va va mutadil iqlimli hududlarida tarqalgan. Bitta turkum 
Avstraliyagagacha boradi. Ular buta va daraxtlardan iborat. Gullari ikki jinsli, yoki 
bir jinsli O‘zbekistonda jiyda (Elaeagnus angustifoliA. va chakanda (Hippophae 
rhamnoides) dorivor va iste’mol qilinadigan o‘simlik sifatida juda kadrlanadi. Bu 
oila vakillari daraxt yoki buta o‘simliklar bo‘lib barglari oddiy, qirralari tekis, 
yulduzsimon tukchalar bilan qoplangan navbatlashib o‘rnashgan va yonbargsiz. 
Gullari och sariq, ikki jinsli, bazan bir jinsli to‘g‘ri va tojbargsizdir. Kosachasining 
bo‘aklari 4ta, bazan 2 yoki 6ta, ostki qismi qo‘shilib o‘sib qo‘ng‘iroqcha xosil 
qiladi. Otaliklar soni kosachabarglar soniga teng yoki 2barobar ortiq, tugunchasi 
ustki, bir uyli va bir urug‘kurtakli. Poyasi bitta. Mevasi rezavor yoki danakli soxta 
meva. Gullari xasharotlar yoki shamol yordamida changlanadi. Bu oilaga osiyo
yevropa, amerikada uchrovchi 3 avlod 45ta tur kiradi. Shular jumasidan jiyda 
O‘zbekiston florasida keng tarqalgan. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin