S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


– diametri 3- 6 sm bo‘lgan savatcha, cho‘zinchoq, ko‘pincha sharsimon, novda va  shoxchalarning uchida bir donali. Mevasi –



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

 –
diametri 3-
6 sm bo‘lgan savatcha, cho‘zinchoq, ko‘pincha sharsimon, novda va 
shoxchalarning uchida bir donali. Mevasi

urug‘chalari kokilli, ellipssimon yoki 
teskari tuxumsimon, uzunligi 8 mm gacha, eni 2-4 mm, qalinligi 1-3 mm, ozgina 
yapaloq, tuksiz, yaltiroq, to‘q jigarrang yoki qora, uzun-uzun cho‘zinchoq 
qo‘ng‘irsimon dog‘larga ega. Rastoropshaning o‘sishi va rivojlanishiga agrotexnik 
usullar ham ta’sir qiladi: ekish usuli, urug‘ ekish me’yori, oziqlantirish rejimi, erga 
ishlov berish usullari, shu bilan birga meteorologik sharoitlar va boshqalar. Xalq 
tabobatida rastoropsha (olao‘t) o‘simligi o‘rta asrlardan beri ishlatilib kelishiga 
qaramasdan, uning dorivorlik xususiyatlarini bioekologik va agronomik nuqtai 
nazardan o‘rganish hozirgi vaqtda O‘zbekiston sharoitida nisbatan yaqin yillarda 
boshlandi. 
Rastoropsha (olao‘t) -
ning biologik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari 
O‘zbekiston iqlim sharoitida o‘rganilmagan. Xususan, Xorazm viloyati tuproq-
iqlim sharoitida bu o‘simlikni ko‘niktirish, iqlimlashtirish va dorivorlik 
xususiyatlarini va ularning morfologiyasi, biologiyasi, ekologiyasi, ayrim 
fiziologik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va hosildorligini o‘rganish zarurdir. 
Rastoropsha turli tuproq-iqlimli xududlarda o‘sadi. Yorug‘liq va issiqsevar 
o‘simlik, qurg‘oqchilikka chidamli. O‘sish xususiyatlari atrof muhit sharoitlariga 
juda bog‘liqdir. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi xar xil tezlik bilan sodir 
bo‘ladi, va natijada o‘simliklar vegetatsion massasining og‘irligi, generativ 
organlarining soni va massasi bo‘yicha, urug‘larining yetilish muddatlari bo‘ycha 
farq qiladi. Qurg‘oqchilik sharoitlarida hosildorlik pasayishining asosiy sababi bu 
o‘stiruvchi jarayonlarning bosib turilishidir. Natijada uning reproduktiv a’zolari va 
butun bir o‘simlikning o‘lchami kamayib ketadi. Rastoropsha rivojlanishining 
vegetatsion davri ancha uzun. Unib chiqishdan g‘unchalash davrigacha o‘rtacha 53 
kun o‘tadi. Rastoropsha odatda iyul oyining ikkinchi o‘n kunligida gullaydi. 
Urug‘larning yoppasiga etilishi odatda avgustning birinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri 
keladi va iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan xolda 20 iyuldan 5 sentyabrgacha 
o‘zgarib turadi. Gullashdan urug‘larning to‘liq etilishigacha bo‘lgan havoning faol 
harorat yig‘indisi o‘rtacha 1618 
0
S va 1350 
0
S dan 1870 
0
S gacha o‘zgarib turadi. 
Rastoropshaning o‘sishi va rivojlanishiga agrotexnik usullar ham ta’sir qiladi: 
ekish usuli, urug‘ ekish me’yori, oziqlantirish rejimi, yerga ishlov berish usullari, 
shu bilan birga meteorologik sharoitlar va boshqalar. Rastoropsha mevasining 
tarkibiga 200 ga yaqin biologik faol birikmalar kiradi. Ular tarkibiga quyidagi 


131 
moddalar kiradi: yog‘lar (20-30%) (tarkibi linolen – 56,57%, olein – 20,73%, 
palmitin – 8,01%, stearin – 4,79%, araxin – 2,70%, begenin – 2,09%, nonadetsil – 
1,11%, lignotseril – 0,69%, miristin – 0,09% yog‘ kislotalaridan iborat); 
flavonoidlar (tarkibi flavonol (kempferol), digidroflavon (taksifolin) va 
degidrokempferol sinflaridan iborat); 

shakarlar – arabinoza, ramnoza, ksiloza, glyukoza; 

kul; 

makroelementlar (mg/g) – K-9,20; Ca-16,60; Mg-4,20; Fe-0,08; 

mikroelementlar: Mn-0,10; Cu-1,16; Zn-0,71; Cr-0,15; Al-0,02; V-
0,01; Se-22,90; Ni-0,20; Sr-0,08; Pb-0,08; I-0,09; B-22,40; 

efir moylari (0,1%). 
Rastoropshaning 
eng 
qimmatli 
moddalaridan 
biri 
flavonoid 
va 
fenilpropanoidlar jumlasiga kiruvchi noyob moddalarni – flavolignanlarni 
saqlashidir. Ularga silibin, silidianin, silikristin, tritsik ketonlar va adaptogen 
tabiatga ega bo‘lgan benzofuranlar kirib, bu moddalar o‘simlikning 
gepatoprotektorlik xususiyatini belgilab beradi 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin