S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


(Leonurus turkestanicus V. Krees. et



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

(Leonurus turkestanicus V. Krees. et. 
Kupr.) 
tarqalgan, uning balandligi 40-150 smga yetadigan o‘t o‘simlik.
Dorivorlik xususiyati
. Tibbiyotda arslonquyruq turlarining yer ustki qismi 
ishlatiladi.O ‘simlik gullagan davrida poyasining yuqori qismi 30- 40 sm uzunlikda 
o‘rib olinadi va soya yerda quritiladi. Arslonquyruq turlarining yer ustki qismi 
tarkibida flavonoidlar (rutin, kversetin), 0,4% alkaloidlar, efir moyi, S vitamini, 
karotin, qandlar, 9% gacha oshlovchi, achchiq va boshqa biologik faol moddalar 
bor. Arslonquyruq preparatlari tinlantiruvchi xususiyatga ega.
Turkum. 
Bozulbang ( Lagochilus Bunge ) turkumi.
Tur
. Gangituvchi bozulbang ( L. unebrians Bunge). Ko`p yillik o`t. Bo`yi 30-40-
60 sm. Poya asosi yog`ochlangan, shohlangan. Barglari rombsimon tuxum shaklida 
yoki yelpig`ichsimon, uchi tikanli bo`laklarga bo`lingan. Gultoji oq yoki pushti 
qo`ng`ir tomirli 20-28 mm, naysimon gulkosadan uzun bo`lib, chiqib turadi. Iyun-
sentabr oylarida gullab urug`laydi. Adirlarda uchraydi.Gangituvchi bozulbang 
yasnotkadoshlar oilasiga mansub, bo‘yi 30-40 sm ga etadigan ko‘p yillik o‘t 
o‘simlik. Mamlakatimizdagi adirlar va shag‘alli tog‘ yon bag‘irlarida o‘sadi. 
Dorivorlik xususiyati
Tibbiyotda yer ustki qismi - guli va bargi ishlatiladi. Guli 
va bargi tarkibida staxidrin, lagoxilin, efir moyi, C va K vitaminlari, karotin, 
organik kislotalar, flavonoidlar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Dori 
preparatlari (damlamasi, nastoykasi va quruq ekstrakti) qon ivishini tezlashtirish va 
qon bosimini pasaytirish ta’siriga ega bo‘lgani uchun bachadon, o‘pka, burun, 
yaralarni va boshqa joylardan qon oqishini to‘xtatish hamda bavosil, 1- va 2-
darajali gipertoniya kasalligini davolash uchun qo‘llaniladi 


134 
Gangituvchi bozulbang - L. unebrians Bunge. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin