Dorivorlik xususiyati . Bu o‘simlik ildizlarining havoda qotib qoladigan yelimi
xalq tabobatida ba’zi asab kasalliklarida talvasaga qarshi vosita tariqasida,
shuningdek, gijja haydaydigan dori sifatida qadimdan ishlatilib kelinadi. O‘rta
Osiyo xalq tabobatida undan bronxial astma, sariq kasalligi, ko‘kyo‘tal, sil,
zaxmda foydalaniladi, shuningdek, u diabetga qarshi, qon to‘xtatadigan, o‘t
suyuqligini haydaydigan vosita tariqasida buyuriladi. Ibn Sino kovrak yelimini
bo‘g‘im og‘riqlari davosiga ishlatish, ishtaha ochadigan va siydik haydaydigan
vosita sifatida tavsiya etgan, lekin u kovrak yelimi qovuqqa zarar qiladi, deb
hisoblagan.
Chilonjiydadoshlar (Rhamnaceae) oilasi ga 60 ta turkumga oid 900 dan ortiq tur
kiradi. Ular Yer yuzida keng tarqalgan. O‘zbekistonda 3 ta turkumga mansub 6 ta
turi o‘sadi. Bular buta va past bo‘yli daraxtlardan iborat. Gullari mayda, ko‘rimsiz,
aktinamorf, 4-5 bo‘lakli, asosan, ikki jinsli. Mevasi turlicha. O‘zbekistonda 3 ta
turkumga mansub 6 ta turi tabiiy, 2 ta turkumga xos 2 ta madaniy turi o‘sadi.
Sistematikasi Bo‘lim. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o ‘simlikIar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae)
Ajdod (sinf). Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar)
(Magnoliopsida yoki
Dicotyledones) - Магнолиевые или
Двудольные
Ajdodcha (sinfcha)- Ra’nokabilar (Rosoidae) - Розоцветные Qabila. Chilonjiydanamolar (Rhamnales) - Крушиновые
Oila. Chilonjiydadoshlar (Rhamnaceae Juss.) -Крушиновые
Turkum. Bo'g'ibag'ir (Rhamnus L.) - Крушина
Tur. Olxasimon frangula — Frangula alnus Mill. (Rhamnus frangula L.),
jumrutdoshlar (chilonjiydadoshlar) -Rhamnaceae oilasiga kiradi. Frangula bo‘yi 1-
3 (ba’zan 7) m ga yetadigan buta yoki kichkina daraxt. Shoxlari tikansiz. Yosh
shoxlarining po‘stlog‘i qizil-qo‘ng‘irrangli, yaltiroq, silliq, oq yasmiqchali. Bargi
od-diy, keng elliðssimon yoki teskari tuxumsimon, tekis qirrali, tezda to‘kilib
ketadigan qo‘shimcha bargli, tuksiz yoki tomirlari bo‘ylab tuklar joylashgan. Barg
poyada bandi bilan ketma-ket o‘rnashgan.. Gullari mayda, ko‘rimsiz, 2-7 tadan
to‘plangan holda barg qo‘ltig‘iga joylashgan. Frangula may-iyun oylarida gullaydi,
mevasi avgust-sentabrda pishadi.