116
Bargi keng
to‘garak,
romb-simon
bo‘laklarga
bo‘lingan, guli ko‘kish-
pushti. O‘zbekiston tog‘laridao‘sadi. Tarkibida 23–54% tannin (oshlovchi) va
boshqa moddalar bor.
Dorivorlik xususiyati
. Ildizining qanatmasi tabobatda ichdan qon
ketishini
o‘xtatish, og‘riqni qoldirish va me’da kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
Anjabor teri oshlashda ham qo‘llaniladi.
Turkum.
Yorongul (Pelargonium L.Her.) -Пеларгониум
Tur.
Yorongul
, xushboʻy yorongul (Pelargonium roseum Willd.) -
yoronguldoshlar oilasiga mansub bir yillik yoki koʻp yillik oʻt yoki chala buta, efir
moyli va manzarali oʻsimlik. Oʻrta Dengiz sohillarida va Oʻrta Osiyoda (21 ga
yaqin turi bor) tarqalgan. Yovvoyi turi chul, adir va togʻ zonalarda uchraydi. Bargi
panjasimon, baʼzida patsimon ajralgan, mayda kertikli, chiroyli. Turiga qarab guli
och qizil, qavorang ,
nim jigarrang , toʻq qizil rangda. Yo.ning
yer ustki qismida
oshlovchi moddalari mavjud turlari ham bor. Uning
yashil bargidan va gulidan
xushboʻy efir moyi olinadi. Ayrim turlari xalq tabobatida dori sifatida ishlatiladi.
Istirohat bogʻlarida, xonadonlarda gul sifatida oʻstiriladi
Nazorat savollari
1.Pistadoshlar (Anacardiaceae)oilasi tur tarkibi va ahamiyati.
2. Xandon pista qayerda o‘sadi va tabobatda nima uchun qo‘llaniladi ?
2.Zig‘irdoshlar (Linaceae) oilasi tur tarkibi va ahamiyati.
3. Zig‘ir iste’mol qilish inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi ?
3.Yoronguldoshlar (Geraniaceae) oilasi tur tarkibi va ahamiyati.
4. Anjobar turkumiga kiruvchi o‘simlikka ta’rif bering.