Dorivorlik xususiyati
. Zamonaviy tabobatda chakamig‘dan yurak va buyrak
kasalliklari munosabati bilan badanga shish kelganida siydik haydaydigan vosita
tariqasida revmatizm, turli teri kasalliklarida foydalanish tavsiya etiladi.
Qaynatmalari badandagi chipqon, shirincha yaralarini yuvish, chayish, shuningdek,
ularga vanna qilish uchun ishlatiladi. Ildizlaridan tayyorlangan qaynatmani
pnevmoniya, endometritlarda buyuriladi
23
H. X. Xolmatov, O‘. A. Ahmedov, N. A. Musayeva
“Farmakognoziya va botanika asoslari “
tibbiyot kollejlari uchun darslik.
3- nashri “O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi,
TOSHKENT — 2017.
119
Turkum.
Pasternak (Pastinaca L.) - Пастернак. Bu turkumning oddiy pasternak
(P. sativA.
turi keng ikki yillik o‘simlik. Barglari patsimon qirqilgan. Bu o‘simlik
sabzavot sifatida ekiladi.
24
Tur. Ekma (oddiy) pasternak ( Pastinaca sativa
) ziradoshlar oilasiga kiradi. Bu
o‘simlik Ikki yillik, bo‘yi 70—100 sm ga yetadigan o‘t o‘simlikdir. O‘simlik
birinchi y to‘pbarglar, ikkinchi yili esa gulli poya chiqaradi. Poyasi tik o‘suvchi,
bargi tuksiz, toq patsimon ajralgan bo‘lib, qini bilan poyada ketma-ket joylashgan.
Ekma pasternak - Pastinaca sativa
Dorivorlik xususiyati.
Pastinatsin preparati spazmolitik xususiyatga ega
bo‘lib,
ko‘krak qisishi hamda buyrak va me’da-ichak spazmi kasalliklarida ishlatiladi.
O‘simlkdan olinadigan Beroksan preparati esa pes kasalligini davolashda
qo‘llaniladi
Turkum.
Kovrak (Ferula L.=Schumannia O.Ktze) - Ферула. Bu turkum ko‘p
yillik monocarp o‘simliklami o‘z ichiga oladi. Poyalari yo‘g‘on va baland o‘suvchi
o‘simlik hisoblanadi. Sassiq kovrak (F.
assa foetida)
turi keng tarqalgan. Ildizi
yaxshi
rivojlangan,
tarkibida
efir
moyi,
smola,
kamed va kraxmal bor.
Tur.
Sassiq kovrak - Ferula assa-foetida L. Bo‘yi 100 sm gacha bo‘lib o‘sadigan,
ancha sassiq hidli ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik. Ildizi ancha katta, etdor bo‘lib,
yo‘g‘onligi 15 sm gacha boradi. Poyasi yo‘g‘on, diametri 8 sm gacha, ustki
qismidan shoxlaydi. Barglari navbatma-navbat joylashgan. Gullari och sariq yoki
malla tusda bo‘lib, poyasining uchki tomonida diametri 15 – 20 sm gacha
boradigan soyabonsimon to‘pgullar hosil qiladi, ikki jinsli. Mevasi ikki urug‘li.
Urug‘i somondek sariq rangda, shakli ellipssimon, yassi. Mart – aprelda gullaydi,
24
I.V. Belolipov, N.Z. Arabova, X, Axmedov, K.X. Buxorov, A.M. lslamov, Sh.E. Abdurasulov
Botanika va оsimliklar fiziologiyasi Т.: «Fan va lexnologiya», 2018, 306-307-bet
120
mevalari aprel – mayda yetiladi. Bu o‘simlik O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston,
Turkmanistonda qumloq-toshloq joylarda, tog‘ tuproqli tekisliklarda, cho‘llarda,
ba’zan, tog‘ oldi joylarda o‘sadi.
Dostları ilə paylaş: |