S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Ajdodcha (sinfcha). 
Qo‘ng‘irpo‘st kabilar (Cornidae) — Кизиловые 
Qabila. 
Ziranamolar (Araliales)—Сельдерейные = Зонтичные 
Oila. 
Ziradoshlar = Soyabonguldoshlar (Apiaceae Lyndl. = Umbelliferae Juss.) -
Сельдерейные = Зонтичные
Turkum. 
Kashnich (Coriandrum L.) - Кориандр, Кашнич
 
 
Tur. Ekma kashnich. — Coriandrum sativum L
., Apiaceae (soyabonguldoshlar 
- Umbel-liferae) oilasiga kiradi. Bir yillik, bo‘yi 30—70 sm ga yetadigan o‘simlik. 
Poyasi silindrsimon, mayda qirrali, tuksiz, ichi kovak, yuqori qismi shoxlangan. 
Bargi oddiy, qinli, tuksiz, ildizoldi barglari uzun bandli, uch bo‘lakka qirqilgan, 
qirrasi tishsimon kesilgan, po-yasining pastki qismidagi barglari qisqa bandli, ikki 
bo‘lakka qirqilgan, o‘rta va yuqori qismdagilari esa bandsiz bo‘lib, iðsi-mon ikki-
uch bo‘lakka ajralgan.


118 
Ekma kashnich. — Coriandrum sativum L
Barglari poyada ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, umumiy o‘ramasiz, 
murakkab soya-bonga to‘plangan, gulkosachasi besh tishli, meva bilan birga 
saqlanib qoladi. Tojbargi beshta, pushti rangda, otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki 
xonali, pastga joylashgan. Mevasi-yumaloq, qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish-kulrang, 
qo‘shaloq doncha. Iyun oyidan boshlab, avgustgacha gullaydi, mevasi avgust-
sentabrda pishadi.
23
. Bu o‘simlik Turkiya, Ukrainada, Kavkazda hamda O‘rta 
Osiyo respublikalarida o‘stiriladi 
Dorivorlik xususiyati. 
Kashnich mevasi ishtaha ochuvchi vosita, o‘t haydaydigan 
vosita sifatida, ovqat hazm qilishni yaxshilaydigan, gemmoroy kasalligida hamda 
yaralarni davolashda ham ishlatiladi. 
Turkum. 
Chaqamig‘ (Turgenia Hoffm.)- Тургеневия 
Tur. Chakamig‘ (Turgenia latifolia (L.) Hoffm). 
Sershox ildizpoya va ingichka 
poyalar chiqaradigan, bo‘yi 120 sm ga boradigan ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik. 
Barglari uchi o‘tkir, tor nashtarsimon, 8-12 donadan to‘p-to‘p bo‘lib chiqadi. 
Gullari mayda, sariq, uzun-uzun ro‘vaklarga to‘plangan. May - iyunda gullaydi, 
mevalari iyul - avgustda yetiladi.. Bu o‘simlik deyarli hamma yerda uchraydi.. Bu 
o‘t tarkibida galiozin, rubiadin va aspirulozid, efir moyi qoldiqlari, oshlovchi va 
bo‘yoq moddalar hamda sut ivishiga sabab bo‘ladigan modda bor.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin