S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Sistematikasi 
Bo‘lim.
Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o ‘simlikIar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae)
 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar)
 
(Magnoliopsida yoki
Dicotyledones) - Магнолиевые или
 
Двудольные 
Ajdodcha (sinfchA.. Ra’nokabilar (Rosoidae) - Розоцветные 
Qabila. 
Jiydanamolar (Elaeagnales) - Крушиновые
 
Oila. 
Jiydadoshlar (Elaeagnaceae Juss.) -Лоховые [7] 
Turkum. 
Jiyda (Elaeagnus L.) - Лох 
Tur. Sharq jiydasi (JIox восточный) - 
Elaeagnus orientalis L. 
Jiyda 
jiydadoshlar - 
Elaeagnaseae 
oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 3-7 m ga yetadigan 
daraxt. Daraxt tanasi qizil-qo‘ng‘ir po‘stloq bilan qoplangan. Yosh novdalari va 
bargi kumush-oq rangli, qalin va qattiq tangachalar bilan qoplangan. Barglari 
nishtarsimon yoki ellipsimon, o‘tkir uchli boiib, poya va shoxlarida bandi bilan 
ketma-ket o‘rnashgan. Xushbo‘y, sariq rangli, to‘rt bo‘lakli gullari 1-3 tadan barg 
qo‘ltig‘iga joylashgan. Mevasi - sariq rangli, cho‘ziq-dumaloq, danakli meva. Jiyda 
mevasi may oyida gullaydi, mevasi sentabr-oktabrda pishadi. Jiyda Markaziy 


122 
Osiyo, MDH Yevropa qismining janubiy hududlarida, Kavkaz va Qozog‘iston, 
G‘arbiy Sibirdagi to‘qayzorlarda o‘sadi. Sharq jiydasining xalq seleksiyasi navlari 
“non jiyda” nomi bilan keng miqyosda aholi tomonidan mevali daraxt sifatida 
o‘stiriladi. 
Dorivorlik xususiyati
.
 
Xalq tabobatida jiydaning mevasi ishlatiladi. Mevasi to‘liq 
pishib yetilgan vaqlida qoqib olinadi va ochiq havoda soyada quritiladi. Jiyda 
mevasi tarkibida 40-67,8% qandlar (jumladan 16,12-47, 44,6% fruktoza, 18- 
32,79% glyukozA., 36% gacha tanidlar, 0,44- 2,46% organik kislotalar, 100 mg % 
gacha S vitamini, mineral tuzlar, bargida 251,6- 350,0 mg% S vitamini, gulida 0,2- 
0,3% 
efir 
moyi, 
po‘stlog‘ida 
alkaloidlar 
(tetragidrogarmol, 
N-metil 
tetragidrogarmol) bor. Jiyda mevasi (yoki meva qaynatmasi) xalq tabobatida m 
e’da-ichak kasalliklarida (ich ketishdA., yuqori nafas yo‘llari shamollashida 
qo‘llaniladi. Mevasidan olingan preparati ilmiy tibbiyotda me’da-ichak 
kasalliklarini davolashda ichishga, og‘iz bo‘shlig‘I yallig‘langanda chayish uchun 
ishlatiladi. Daraxt tanasidan olingan jiyda yelimi farmatsevtika amaliyotida 
emulgator sifatida ishlatiladi. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin