S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Pechakdoshlar (Convolvulaceae)va Ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Pechakdoshlar (Convolvulaceae)va Ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasi 
Ro‘yandoshlar (Rubiaceae) oilasi yer sharidagi 500 ta turkumga oid 7000 ga yaqin 
turni birlashtiradi. O‘zbekistonda 8 ta turkumga mansub 50 ta turi o‘sadi. Oilaning 
ko‘pchilik turlari tropik hududlarda o‘sadi. Oila turlari asosan daraxt va butalardan 
iborat. Barglari qarama-qarshi yoki doira bo‘lib joylashgan. Gullari aktinomorf
ikki jinsli, mevasi ko‘sakcha yoki rezavor meva.
Sistematikasi 
Bo‘lim.
Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o ‘simlikIar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae)
 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar)
 
(Magnoliopsida yoki
Dicotyledones) - Магнолиевые или
 
Двудольные 
Ajdodcha (sinfchA.

Yalpizkabilar (Lamiidae) — Яснотко-вые (Губоцветные)
Qabila
. Ruyannamolar (Rubiales) - Мареновые 
Oila
. Ruyandoshlar (Rubiaceae Juss.) - Мареновые
Turkum
. Ruyan (Rubia L.) - Марена 
Markaziy Osiyoda ro‘yan (Rubia tinctorum) keng tarqalgan bo‘lib, uning ildizidan 
alizarin bo‘yogi olinadi va undan yana buyrakdagi toshni parchalovchi vosita 
sifatida foydalaniladi.
Ro‘yan (
MarenA.
ro‘yandoshlar oilasiga mansub, bo‘yi 150-200 sm ga etadigan bir 
va ko‘p yillik o‘t o‘simlikdir. Tibbiyotda ro‘yanning ikki turining ildizpoyasi bilan 
ildizi ishlatiladi:
Tur

Bo‘yoqdor ro‘yan 
– 
Marena krasilnaya 
Rubia tinctorum L
Gruziya ro‘yani 
– 
Morena gruzinskaya 
– Rubia iberica C. Koch.
Ro‘yan turlari ko‘p yililk, bo‘yi 30–150 smgacha bo‘lgan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi 
uzun, sudralibo‘suvchi, shoxlangan, silindrsimon, yo‘g‘on, bo‘g‘inli, ko‘pboshli. 
Poyasi bir nechta, to‘rt qirrali, bo‘g‘inli, sershox va ilmoqli dag‘al tuklar bilan 
qoplangan. Bargi lansetsimon – tuxumsimon, poyada 4–6 tadanto‘p-to‘p bo‘lib 
joylashgan. Gullari mayda, yashil-sariq rangli, ro‘vaksimon gulto‘plamini tashkil 
etadi. Iyun-avgust toylarida gullaydi, mevasi – avgust-sentyabrda pishadi.


125 
A B 
A. Gruziya ro‘yani 
– 
Morena gruzinskaya 
– Rubia iberica C. Koch.
B. Bo‘yoqdor ro‘yan 
– 
Marena krasilnaya 
Rubia tinctorum L 
Ro‘yanning vatani O‘rta yer dengiz mamlakatlari. Ukraina, Moldova, Kavkazda 
(Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Dog‘istondA. vaO‘rta Osiyoda uchraydi. 
Asosan ariq bo‘larida, butalar orasida, kanallar bo‘yida, dalalarda va bog‘larda 
o‘sadi. Ro‘yan plantatsiyalarda o‘stiriladi.
Mamlakatimizda ro‘yan soy, kanal va ko‘llar bo‘yida, butalar orasida, dalalar va 
bog‘larda o‘sadi.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin